Nikola Lazarevich: "Ikkinchi bo'limda ko'proq gol urishimiz mumkin edi"
11 may 22:47
Yangiliklar
Nikola Lazarevich: "Ikkinchi bo'limda ko'proq gol urishimiz mumkin edi"
O'yin haqida
- "Mashal"ni yana Superligaga qaytgani bilan tabriklayman. Bu jamoa quvnoq futbol namoyish etadi. Biz navbatdagi o'yinlarga yanada jiddiy tayyorgarlikda davom etamiz.
Birinchi bo'limda jamoamizga faollik etishmadi. Ikkinchi bo'limda o'yinimiz o'zgardi, vaziyatlar yaratdik va gollar urdik. Bugun raqib ham ajoyib futbol namoyish etib berdi. Muammolar, kamchiliklarni ko'rib chiqamiz. Ikkinchi bo'limda bundan ham ko'proq gol urishimiz mumkin edi. "Mashal" jamoasiga keyingi turlarda omad tilayman.
- "Mashal" Pro-ligadan chiqib o'ynayapti. Shundan kelib chiqsak, sizda o'z jamoangiz kuchli degan fikr bor edimi?
- Biz barcha raqibga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz. Superliga tur uchrashuvlari oldidan kim Pro-ligadan chiqqanining ahamiyati yo'qolib qoladi.

- Jamoangiz tarkibidagi legioner futbolchilar namoyish etayotgan o'yinlardan qoniqayapsizmi?
- Barcha futbolchilar har doim maydondagi jang uchun tayyor bo'lishlari kerak. Legioner futbolchilar yaxshi harakat qilishayapti, jismoniy holatlari ham yaxshi.
- "Qizilqum"da taktikalar qanday tuziladi? Jamoaviy o'yin muhimroqmi yoki murabbiy uchun ochko muhimroqmi?
- Biz doim g'alaba uchun taktika tuzamiz (kuladi). Bu savolni raqobatchi murabbiylarga ham berishgan. Bizga natija ham muhim, jamoaviy futbol ham.
- Mashovich va Murtozaev 2 ta gol urishdi. Sizningcha, ularning qaysi biri kuchliroq?
- Ikkalasi teng. Ikkalasiga ham gol urishda davom etishlarini tilayman.
- Bugun kim kuchli edi? "Qizilqum" yoki "Mashal".
- 50ga50. Balki vaziyatlar bo'yicha biroz ustunroq o'ynagandirmiz. Buni tahlil qilamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar