Neymar jarohatini davolash uchun kuniga 11 soatgacha mashq qilmoqda. "Santos" hujumchi bilan shartnomani uzaytirish masalasini muhokama qiladi
08 may 15:00
Yangiliklar
Neymar jarohatini davolash uchun kuniga 11 soatgacha mashq qilmoqda. "Santos" hujumchi bilan shartnomani uzaytirish masalasini muhokama qiladi
Neymar jarohatidan tiklanish uchun qattiq mashq qilmoqda.
"Santos" forvardi 17 aprel kuni Braziliya chempionatida "Atletiko Mineyro"ga qarshi o'yinda (2:0) chap sonini shikastlab oldi va 34-daqiqada zaxiraga olindi.
33 yoshli futbolchi klub bazasida kuniga 11 soatgacha shug'ullanmoqda. U haftada bir necha kun ikki mahal ishlaydi. Tiklanish jarayoni qoniqarli kechmoqda.
Futbolchi shifokorlar tavsiyasiga amal qiladi va may oyi oxiri yoki iyun oyi boshida maydonga qaytishi kutilmoqda. "Santos" tibbiy shtabidagilarning aytishicha, Neymar "hech qachon bunchalik ko'p mashq qilmagan".
Hujumchining braziliyaliklar bilan shartnomasi 30 iyungacha amal qiladi. Yaqin kunlarda tomonlar kelishuvni uzaytirishni muhokama qilishi kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar