Neymar Jahon chempionatiga boradimi? Anchelotti shartini aytdi
06 dek 2025 08:00
Yangiliklar
Neymar Jahon chempionatiga boradimi? Anchelotti shartini aytdi
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti JCH–2026 uchun Neymarning chaqirilishi qaysi shartga bog'liq ekanini ochiq qildi.
"Men Neymarga bo'lgan katta qiziqishingizni tushunaman. Vaziyatni aniqlashtirmoqchiman. Hozir dekabr, Jahon chempionati esa iyun oyida. May oyida tarkibni elon qilganimda, agar Neymar o'ynashga loyiq, sog'lom, boshqalar bilan teng yoki ulardan yaxshiroq holatda bo'lsa — u Jahon chempionatida o'ynaydi. Va shu bilan masala yopiq", — deydi Anchelottining so'zlarini keltirgan jurnalist va insayder Fabricio Romano o'zining X tarmog'ida.
Braziliya terma jamoasi JCH–2026 musobaqasida “S” guruhiga tushgan. Bu erda raqiblar — Marokash, Shotlandiya va Gaiti.
Anchelotti shogirdlari birinchi uchrashuvni 13 iyun kuni Marokashga qarshi o'tkazadi.
19 iyun kuni Gaitiga qarshi o'yin,
24 iyun kuni esa Shotlandiyaga qarshi bahs bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
U-23 Осиё Кубоги. Математикага ўрин қолмади: Ўзбекистон Кореяни ютиб, кейинги босқичга чиқди
ШОШИЛИНЧ ХАБАР: Хаби Алонсо "Реал Мадрид"ни тарк этди!
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Fikrlar