"Neftchi" xorijlik hujumchi bilan shartnoma imzoladi
10 fev 2024 16:06
Yangiliklar
"Neftchi" xorijlik hujumchi bilan shartnoma imzoladi
Yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirayotgan "Neftchi" navbatdagi transferini elon qildi.
Ruminiyalik tajribali hujumchi Mixay Roman "Neftchi" bilan bitim tuzdi. Bu haqda "Neftchi" matbuot xizmati elon qildi.
Mixay Roman o'tgan mavsum Ruminiyaning yuqori divizionida ishtirok etgan "Petrorul" sharafini himoya qildi.
"Faoliyati davomida Ruminiya klublaridan tashqari Niderlandiya EREDIVIZIE ligasida va Isroil chempionatida to'p surdi. Mixay Roman Ruminiya kubogi sohibi hisoblanadi.
SHu kungacha 300 dan ortiq uchrashuvlarda maydonda harakatlangan futbolchi 69 ta to'p kiritishga muvaffaq bo'lib, 28 ta golga assistentlik qilgan.Bo'yi 188 sm.ga ega bo'lgan futbolchining tranfermarkt saytidagi narxi 400 000 evroni tashkil etadi" - deyiladi "Neftchi" bayonotida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar