"Neftchi" serbiyalik murabbiy bilan shartnoma imzoladi
02 iyu 2022 10:20
Yangiliklar
"Neftchi" serbiyalik murabbiy bilan shartnoma imzoladi
"Murabbiylar shtabini xorijlik mutaxassislar bilan mustahkamlash yo'lidan borayotgan "Neftchi" klubi rahbariyati serbiyalik tajribali murabbiy Milan CHirich bilan shartnoma imzoladi. Jamoada jismoniy tarbiya murabbiyi sifatida ish olib boradigan bu mutaxassis futbolchilik faoliyatini Serbiyaning "Radnickiy Pirot" klubida boshlagan. So'ngra faoliyatini "Obilich" jamoasida davom ettirgan. 2010 yilda jarohat tufayli futbolchilik faoliyatini yakunlab, murabbiylik tajribasini o'rganishga kirishdi. SHu sohada ish boshlab, o'z yurtidan tashqari Bolgariyaning CSKA, "Ludogorec", Xitoyning "Dundjin SHanyan", "Guanlyan Dunguan" va Ummonning "Al-Suvayx" kabi taniqli klublarida faoliyat yuritib, bu sohada mehnatsevar, mahoratli va ijodkor mutaxassis sifatida shuhrat qozondi.
Ishonamizki, ana shu istedodli mutaxassis Farg'ona futbolining rivojiga barakali hissa qo'shib, shu soha mutaxassislari va ixlosmandlarining mehru-etiborini qozonadi", - deyiladi klub xabarida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar