So’nggi yangiliklar

02:10ЕЧЛ. "Атлетико" яна бешта гол урди, "Бавария" ва "Интер"да йирик ғалаба (барча натижалар)  3 01:21Хаби Алонсо: "Қайрат" Чемпионлар Лигасида ўйнашга муносиб жамоа"  1 00:34ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Қозоғистон билан ўртоқлик учрашуви бўйича музокаралар олиб борилган эди, аммо..."  2 23:58Иван Бошкович: "Битта чиройли зарба ўйин тақдирини ҳал қилди"  3 23:37ЕЧЛ. "Қайрат" ўз майдонида "Реал"га йирик ҳисобда ютқазди, Мбаппедан хет-трик!  97 23:27Виталий Левченко: "Сафарда муҳим ғалабани қўлга киритдик"  5 23:13Отабек Нарзуллаев: "Ҳимоямизни анча яхшилаб олдик"  1 23:08ЕЧЛ. "Интер", "Ливерпуль", "Челси" ва бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:55Футзал. 2-тур 3-кунида "Насаф", СҚБ ва "Oil-Star"да ғалабалар  1 22:43Александр Хомяков: "Бизга тетиклик етишмади"  8 22:39Суперлига. "Сўғдиёна" – "Нефтчи" 0:1   3 22:23Луис Энрике "Барселона"ни мақтади  1 21:41Клопп эмас: "Ал Иттиҳод" бош мураббийлиги учун асосий номзодлар маълум қилинди  0 21:14"Бунёдкор" мураббийлари тақдирланди  0 21:00Суперлига. "Нефтчи" меҳмонда "Сўғдиёна"дан устун келди  40

"Navbahor" Murzaevning jamoaga kelganini tasdiqladi Yangiliklar

"Navbahor" Murzaevning jamoaga kelganini tasdiqladi

Teglar :  "Navbahor"mirlan m
Yozgi transfer “oynasi”dan samarali tarzda foydalanib, o'z tarkibini kuchaytirishga harakat qilayotgan "Navbahor" tarkibiga qirg'izistonlik tajribali hujumchi Mirlan Murzaev qo'shildi.

Murzaev 1990 yil, 29 martda Qirg'izistonning Botkent viloyati, Sulyukta shahrida tug'ilgan.  

Futbolchilik faoliyati davomida Qirg'iz Respublikasining “Muras - Sport” (Bishkek, 2006 yil), “Dordoy” (Bishkek, 2007-2010, 2012-2013, 2014-2015, 2019-2021 yillar), “Kara-Balta” (Kara-Balta, 2018 yil), Rossiyaning “Lokomotiv” (Moskva, 2010 yil), Turkiyaning “Denizlispor” (Denizli, 2014 yil), “Afjet Afonspor” (2015-2016 yillar), “Ushakspor” (2016-2017 yillar), “Serik Belediespor” (2017-2018 yillar), “Somaspor” (2018-2019 yillar), Isroilning “Xapoel” (Petax-Tikva, 2011-2012 yillar), Kiprning “Dogan Turk Birligi” (2019 yil), Hindistonning “CHennayin” (CHennayi, 2021 yil) jamoalarida o'ynagan.

Mirlan Murzaev joriy mavsumning 1-davrasida Qirg'iz Respublikasining “Olg'a” (Bishkek) jamoasida to'p tepgan.

Tajribali hujumchi Qirg'iziston yoshlar (2009 yil), Qirg'iziston olimpiya (2010 yil) terma jamoalarida o'ynagan. 

Murzaev 2009 yildan buyon Qirg'iziston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchi sanaladi va shu kungacha o'z yurti milliy terma jamoasi tarkibida 55 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta golga mualliflik qilgan. 

Jumladan, shu yilning mart oyida Namanganda bo'lib o'tgan Navruz Cup – 2022 turnirida milliy terma jamoamiz darvozasiga ham gol urishga muvaffaq bo'lgan (o'sha o'yinda terma jamoamiz 2:1 hisobida g'alaba qozongan).       

Biz Mirlan Murzaevga “Navbahor”dagi faoliyatida omad yor bo'lib, “lochinlar”ning g'alabalariga munosib hissasini qo'shishiga tilakdoshmiz.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика