"Navbahor" legioner hujumchi bilan shartnoma imzoladi
10 fev 2024 22:19
Yangiliklar
"Navbahor" legioner hujumchi bilan shartnoma imzoladi
"Gruziyalik tajribali hujumchi Giorgi Nikabadze “Navbahor” bilan shartnoma imzoladi.
Nikabadze 1991 yil, 10 yanvar kuni Gruziyada tug'ilgan. Futbolchilik faoliyati davomida Litvaning “Banga” (Garjay), Gruziyaning “Guriya” (Lanchxuti), “Kolxeti-1913” (Poti), “Telavi” (Telavi), “Merani” (Tbilisi), “Dinamo” (Batumi), “Samgurali” (Cxaltubo), Maltaning “Gudya Yunayted” jamoalarida o'ynagan.
O'tgan mavsumning 2-davrasini “Neftchi” (Farg'ona) tarkibida o'tkazib, farg'onaliklar safida Superligada 12 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.
Biz Giorgi Nikabadzega “Navbahor”dagi faoliyatida omad yor bo'lib, “lochinlar”ning g'alabalariga munosib hissasini qo'shishiga tilakdoshmiz", — deyiladi klub xabarida.
→ "Neftchi"da o'ynagan futbolchi "Navbahor"ga o'tmoqda

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar