MYU va PSJ 110 mln. evrolik futbolchiga davogar
04 mar 2024 20:43
Yangiliklar
MYU va PSJ 110 mln. evrolik futbolchiga davogar
"Manchester Yunayted" va PSJ Viktor Osimxen uchun kurashadi.
Bu klublar "Napoli" hujumchisi uchun asosiy davogarlardan bo'lib turishibdi. Nigeriyalikning shartnomasidagi tovon puli 110 mln. evro.
Jim Retkliff MYUning boshqaruv akciyalarini xarid qilganidan so'ng uzoq muddatga mo'ljallangan aqlli transferlarni amalga oshirmoqchi. Osimxen xaridi futbolchining yoshi va uning taktik universalligini hisobga olganda, strategiyaga mos transfer bo'ladi.
PSJ 25 yoshli forvardni Kilian Mbappe o'rniga olib kelishni reja qilyapti. Klubdagilar fikricha, Viktor Luis Enrike qo'llaydigan pressing uslubiga mos tushadi.
Osimxen joriy mavsum A Seriyaning 16ta uchrashuvida maydonga tushib, 11ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar