Amorim Brunu haqida: "U davolanayotganda ham mashg'ulotlarga keladi. Mening ishimni olmoqchimi yoki yo'qmi bilmayman, lekin bu yigit – etakchi"
30 dek 01:36
Yangiliklar
Amorim Brunu haqida: "U davolanayotganda ham mashg'ulotlarga keladi. Mening ishimni olmoqchimi yoki yo'qmi bilmayman, lekin bu yigit – etakchi"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoa sardori Brunu Fernandesh bilan bog'liq vaziyatga izoh berdi.
Avvalroq portugaliyalik yarim himoyachi yumshoq to'qimalaridagi jarohat sabab taxminan bir oyni o'tkazib yuborishi mumkinligi malum bo'lgan edi.
"Brunu allaqachon mashg'ulot qilishi kerakligini aytmoqda. Ammo biz bilmaymiz. Uning "Vulverxempton"ga qarshi o'ynashiga hech qanday imkoniyat yo'q, umuman imkoniyat yo'q. Shunday deb yozishingiz mumkin.
U o'ynamayotganda jim turadiganlardan emas. U doim gapiradi. Shuning uchun ham u sardor. Bazida biz uning ijrosida qandaydir yomon narsani ko'ramiz, masalan, qo'llarining harakatlanishini, ammo unda ko'plab yaxshi xislatlar ham bor.
Har safar tiklanish jarayonida bo'lganida, u boshqa yigitlar qanday shug'ullanayotganini ko'rish uchun mashg'ulotga keladi. Shunday ekan, u sizlar ko'rmaydigan ko'p ishlarni qiladi. U har doim ajoyib etakchi bo'lgan.
U hatto davolanayotgan paytida ham mashg'ulotlarga keladi. Bilmadim, u mening ishimni egallamoqchimi yoki yo'q! Ammo u etakchi. Bu yigit – haqiqiy etakchi", – dedi Amorim.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar