Muhammad Saloh jarohatini davolash uchun "Liverpul"ga qaytadi
22 jan 2024 17:20
Yangiliklar
Muhammad Saloh jarohatini davolash uchun "Liverpul"ga qaytadi
Futbolchi Afrika Millatlar Kubogi guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan Gana bilan o'yinning birinchi bo'limida jarohat olib, maydonni tark etishga majbur bo'ldi.
Bu haqda Misr Futbol Associaciyasi bayonotiga tayanib, ingliz klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.
"Terma jamoa tibbiyot xodimlari Muhammad Salohni qo'shimcha tekshiruvdan o'tkazganidan so'ng "Liverpul"dagi hamkasblari bilan muloqot qilishdi. Futbolchi davolanishini yakunlash uchun Kabo-Verde bilan o'yindan keyin Angliyaga qaytishi bo'yicha qaror qabul qilindi.
Umid qilamizki, agar Afrika Millatlar Kubogining yarim finaliga chiqasak, u terma jamoaga qo'shiladi", – deyiladi misrliklar xabarida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar