So’nggi yangiliklar

00:30ЖЧ-2026га қуръа қачон ва қаерда ташланиши маълум!  2 00:10Суперлига. "Андижон" – "Пахтакор" 2:6  0 00:02Акмал Рустамов: "Юзага келган вазиятлардан фойдаланганимизда 3-4та тўп фарқи билан ютишимиз мумкин эди"  0 23:46Илёс Зейтуллаев: "Бунёдкор" ПФЛ тақдим этаётган тақвимни ҳурмат қилади"  0 23:28Байиндирнинг хатосидан кейин МЮнинг режалари ўзгарди  2 23:15АПЛ. "Вест Хэм" - "Челси". Лондон дербиси учун асосий таркиблар маълум!  3 22:59Абдурауф Бўриев: "Мураббийлар берган тактикани яхши бажардик"  4 22:30Ҳожимат Эркинов: "Андижонлик мухлисларга раҳмат, яхши атмосфера яратиб беришди"  6 22:08Максим Шацких: "Жамоамизда "Андижон" даражасига мос бўлмаган футболчилар бор"  52 21:58Суперлига. Қизил карточка кўрсатилган ва гол инобатга олинмаган ўйинда "Қизилқум" ва "Бунёдкор" муросага келди  23 21:47Камолиддин Тожиев: "Майдонда ўн киши қолиб ҳам ўзимизни кўрсата олдик"  11 21:03Суперлига. "Бобур Арена"да дарвозаларга 8 та гол урилган оқшомда "Пахтакор" "Андижон" устидан ғалаба қозонди  250 20:10Бу йил Супелигада ким чемпион бўлади? Сунъий интеллект жавоб берди  20 19:51"Реал" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисига кўз тикди  6 19:22"Эвертон" "Манчестер Сити" ҳимоячисига даъвогар  0

MTJ murabbiylar shtabi bo'yicha O'FF bayonoti Yangiliklar

MTJ murabbiylar shtabi bo'yicha O'FF bayonoti

Teglar :  O'zbekistonMTJ
O'zbekiston Futbol Federaciyasi jahon chempionati saralash o'yinlaridan keyin ishqibozlar va turli OAVda yuzaga kelgan vaziyatdan xabardor va milliy terma jamoaning keyingi taqdiri haqidagi bahs va munozaralar, taklif va murojaatlarni juda yaxshi tushunib turibdi.

O'zbekiston Futbol Federaciyasi har bir futbol ishqibozi o'zining shaxsi fikri borligi va uni erkin ifoda qilish vakolatiga ega ekanligiga hurmat bilan qaraydi.

Milliy terma jamoaning jahon chempionati saralash o'yinlaridagi ishtiroki, terma jamoa murabbiylar shtabi azolarining atrofidagi xavotirli fikrlarga hurmat saqlagan holda malum qilamizki, O'zbekiston Futbol Federaciyasi Samvel Babayan boshchiligidagi murabbiylar shtabiga ish va vazifani oxiriga etkazib qo'yish uchun imkoniyat beradi. O'zbekiston terma jamoasining 31 avgustda Xitoyga qarshi safardagi o'yini hamda 5 sentyabr kuni Koreyaga qarshi Toshkentdagi o'yinlariga jamoani Samvel Babayan tayyorlaydi.

Milliy terma jamoaning keyingi taqdiri bo'yicha qaror 5 sentyabrda Koreya bilan Toshkentdagi o'yindan keyin qabul qilinadi.

SHu bilan bir qatorda qo'shimcha qilamizki, O'zbekiston Futbol Federaciyasi Ijroiya Qo'mitasi Byurosining qaroriga ko'ra, shu yilning sentyabr oyida O'FF navbatdagi Konferenciyasini o'tkazadi. Unda tashkiliy masalalar, shu jumladan, O'zbekiston Futbol Federaciyasi Prezidenti va rahbarlik lavozimlarining saylovi, O'FF strukturasini o'zgartirish va kadrlar masalasini qayta ko'rib chiqish, shuningdek, mamlakat futbolini isloh qilish bo'yicha dasturlarni tuzib chiqish kabi dolzarb masalalar ko'rib chiqiladi.

O'zbekiston Futbol Federaciyasi matbuot xizmati

Reyting: -410   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика