So’nggi yangiliklar

00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  0 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:57Африка Миллатлар Кубоги. Жазоир Конго ДР дарвозасига 119-дақиқада ғалаба голини уриб, чорак финалга йўл олди  3 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  15 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10

Mirjalol Qosimov: "O'ylaymanki, keyingi o'yinlarda bu vaziyatdan chiqib keta olamiz" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "O'ylaymanki, keyingi o'yinlarda bu vaziyatdan chiqib keta olamiz"

OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov "Metallurg" bilan kechgan uchrashuvdan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.

"Qiziqarli o'yin guvohiga aylandik. Birinchi bo'lim boshida kutilmaganda 2ta standart vaziyatdan o'tkazib yuborgan golimiz qiyinchilik tug'dirdi. SHunga qaramasdan, hisobni qisqartira oldik. Futbol shunisi bilan qiziq. To'p darvozaga kirmasa qiyin ekan. Ikkinchi bo'limda Martinda yaxshi vaziyat bor edi. Biz ura olmadik "Metallurg" esa qarshi hujumda imkoniyatidan foydalanib ketdi. Hozir yigitlarga ham aytdim,  futbolda oxirigacha kurashiladi. 1:3 bo'lib turgan vaqtda ham qo'lni tushirib to'xtab qolishgani yo'q. SHundan keyin ham vaziyatlar bo'ldi, to'p kirita olmadik. Zabihillo O'rinboev to'rtinchi golni urdi. Oxirgi 2 yilda "Metallurg" bilan o'yinlarda ishimiz yurishmayapti. Fursatdan foydalanib muxlislarimizdan uzr so'rayman. Ular g'alaba kutishgandi. Oxirigacha qo'llab-quvvatlashdi. O'ylaymanki, navbatdagi uchrashuvlarda muxlislarimizni xursand qilamiz",- deydi Mirjalol Qosimov. 


- So'nggi 2 mavsumdan beri Superligada OKMK aynan "Metallurg"ga mag'lub bo'lmoqda. Qaysidi manoda "Metallurg" "lanati", desak ham bo'ladi. Bu nima bilan bog'liq?

- Hech narsa bilan bog'liq emas. Birinchi bo'limda 2ta standart vaziyat. Avvalgi uchrashuvlarda bilasiz kamchiliklar o'z tasirini o'tkazgan. Bu futbolda uchrab turadigan holat. 

- Oldinda jamoani OCHLda Iroq jamoasiga qarshi o'yin kutmoqda. Ketma-ket 2ta mag'lubiyatdan so'ng jamoani ruhan tayyorlash qiyin bo'lmaydimi?

- Rotatciyalar qilamiz. Kamroq o'ynagan futbolchilarga o'zini ko'rsatishi uchun imkon beramiz. Bu ishimizning bir qismi va vaziyatdan chiqib keta olamiz. 

- Abdulla Abdullaev ketganidan so'ng jamoa 2ta o'yinda 7ta gol o'tkazib yubordi. Abdulla Abdullaevning ketishi qay darajada tasir qildi?

- Jamoadar har bir futbolchining o'rni bor. Hayot shunday. Jamoa bo'lganidan keyin bir o'yinchiga tayanib qolmasligi kerak. Lekin haqiqatdan ham Abdullani o'zining o'rni bor edi. Uning keyingi faoliyatiga omad tilab qolamiz. 

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика