Gvardiola Amorimning istefosiga munosabat bildirdi
07 jan 00:58
Yangiliklar
Gvardiola Amorimning istefosiga munosabat bildirdi
Mankunianliklar o'z qarorini 5 yanvar, dushanba kuni elon qilishdi.
"Ha, [murabbiylarga] tobora kamroq vaqt berilayotgani haqiqat. Enco [Mareska] bilan ham xuddi shunday bo'lgan edi. Enco singari, u [Amorim] ham yuqori malakali murabbiy. Bu qaror qo'shnilarimiz tomonidan qabul qilindi va men unga kelajakda eng yaxshi tilaklarni bildiraman.
Angliya, Ispaniya va ermaniyada vaziyatlar juda o'xshash. Menimcha, murabbiy o'yinlarda g'alaba qozonmasa, xavfsiz bo'ladigan mamlakat yo'q. Odatda, natijaga erishilmasa, o'tmish yoki bugunning ahamiyati qolmaydi.
Seni g'oyalaringni baholab ishga olishadi va natijalaringga qarab ishdan bo'shatishadi. Bazida jarayon va vaqt talab etiladi. "Yunayted" o'z maydonida uchta o'yinda g'alaba qozona olmadi - 70 daqiqa davomida maydonda 10 kishidan iborat bo'lgan "Everton"ga, "Bornmut" va "Vulverhempton"ga qarshi. Ular "Arsenal"ga yaqin bo'lishi mumkin edi, ochkolar farqi juda oz. Bundan tashqari, "Manchester Yunayted"da hozir biznikiga o'xshab ko'p o'yinchilar safda yo'q. Futbolchilar Afrika Kubogida ishtirok etayotganda va muhim o'yinchilar safda bo'lmaganda bu juda qiyin," - deya Gvardiolaning so'zlarini Manchester Evening News keltiradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
"Реал"ни мусобақадан чиқариб юборишни истайман!" — Моуринью Арбелоа ва Мадрид ҳақида гапирди
Fikrlar