Rasman: Nematulloh Rustamjonov "Andijon" klubi azosiga aylandi
06 jan 22:14
Yangiliklar
Rasman: Nematulloh Rustamjonov "Andijon" klubi azosiga aylandi
"Ahmedov FK" klubi hamda O'zbekiston U-18 terma jamoasi darvozaboni Nematulloh Rustamjonov "Andijon" klubiga o'tdi.
“Andijon” jamoamizning navbatdagi transferi yana bir Osiyo chempioni - Nematulloh Rustamjonov!
U 2008-yilning 17-mart sanasida Toshkentda dunyoga kelgan. 5 yoshidan millionlar o'yiniga kirib kelgan.
Darvozabonning ilk jamoasi “Paxtakor”. Keyinchalik “Odil Junior”da tahsil oldi.
2024-yili Osiyo chempionati saralashida 3 ta uchrashuvning 2 tasida darvozani qo'riqlab o'z postini munosib himoya qilgan va gol o'tkazmagan.
O'tgan yili U-17 Osiyo chempionatida terma jamoamiz safida musobaqa g'olibligini qo'lga kiritdi va eng yaxshi darvozabon deb topildi. U 5 ta uchrashuvda qatnashgan va 2 ta quruq o'yin o'tkazgan. Shuningdek Qatardagi mundialda ham ishtirok etdi.
Nematulloh, “Andijon” jamoamizning ahil oilasida xush ko'rdik!", deyiladi klub rasmiy xabarida.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar