Gvardiola "Manchester Siti" himoyachilarining jarohatlari bilan bog'liq vaziyatni izohladi
06 jan 20:15
Yangiliklar
Gvardiola "Manchester Siti" himoyachilarining jarohatlari bilan bog'liq vaziyatni izohladi
Ushbu uchrashuvda "shaharliklar" bir vaqtning o'zida ikki asosiy himoyachisi — Yoshko Gvardiol va Ruben Diashni yo'qotdi. Ikki futbolchi ham jarohat sabab o'yinni davom ettira olmadi.
Ispaniyalik mutaxassis yuzaga kelgan vaziyatdan xavotirda ekanini yashirmadi. Uning so'zlariga ko'ra, hozirgi paytda tarkib chuqurligi jiddiy savollar uyg'otmoqda, zaxira o'rindig'ida esa tobora ko'proq klub akademiyasi tarbiyalanuvchilari paydo bo'lmoqda.
"Bizda jarohatlanganlar soni juda ko'p. Jon Stounz bir necha oydan beri maydonga tusha olmayapti. Endi Ruben ham safdan chiqdi, Yoshkoda ham muammolar bor. Natan Ake har doim ham barqaror o'ynay olmaydi. Bu bizning mavjud holatimiz, qiyin sharoitlarda echim izlashga majburmiz", – dedi Gvardiola.
20 turdan so'ng "Manchester Siti" APL turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi va peshqadam "Arsenal"dan 6 ochkoga ortda qolmoqda. Gvardiola jamoasi 7 yanvar kuni 21-tur doirasida o'z maydonida "Brayton"ni qabul qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
"Реал"ни мусобақадан чиқариб юборишни истайман!" — Моуринью Арбелоа ва Мадрид ҳақида гапирди
Fikrlar
Энди унумли фойдалан худо хохласа Ситини асосий химоячисига айланасан
«Бизда Ҳусанов ва Аке бор, Макс "Уотфорд"даги ижарасидан қайтарилди - биз "Уотфорд"дан миннатдормиз. Мармуш ва Аит-Нури Африка Миллатлар Кубогида иштирок этишмоқда, Стоунс ва Бобб жароҳат олишган, Доку ва Родри узоқ муддатли жароҳатдан сўнг қайтишмоқда - мана шундай вазият. Ҳаммаси жойида. Уддалай оламизми? Албатта! Руҳиятимиз билан биз буни ҳар доим уддалай оламиз...», - деди Гвардиола матбуот анжуманида.Xurmatli CA nega intervyuni toliq chiqarmadinglar yo Gvardiola xammaga bitta sizlarga aloxida intervyu berdimi
Sen Uzbekiston M T J Salobatisan.
Sen maydonda bolsang Qorqmay koramanda o'yinni
Gvardiolaning o'yin uslubida Holand katta yuklamaga duch kelmaydi.
Masalan Nunes, O Rayli, Gvardiol kabi hujumga ko'p qatnashgan o'yinchilari bilan ManCity hujumchilarining bosib o'tgan masofa statistikasini ko'rish yetarli.