Rasman: Asilbek Aliev "Andijon" futbolchisiga aylandi!
06 jan 21:32
Yangiliklar
Rasman: Asilbek Aliev "Andijon" futbolchisiga aylandi!
“Burgutlar”ning qishki selekciya ishlari jadallik bilan davom etmoqda. Tajribali futbolchilar bilan bir qatorda kelajagi porloq, istedodli yoshlarga ham alohida etibor qaratilmoqda.
Shu maqsadda jamoamiz barchaning etiborida bo'lgan Asilbek Aliev bilan shartnoma imzolaganini malum qilamiz.
U 2009-yilning 1-yanvar sanasida Farg'ona viloyati Buvayda tumanida tavallud topgan. 2019-yildan “Odil Junior” akademiyasida tahsil ola boshlagan.
O'tgan yili birinchi liga musobaqasida “Olimpiya” klubida to'p surgan. 6 ta gol urgan va 4 ta assistni bajargan.
Aliev O'zbekiston U-17 terma jamoasi bilan 2025-yili Saudiya Arabistonida bo'lib o'tgan Osiyo Kubogida qita chempioni bo'lgan.
Ushbu musobaqada 6 ta o'yinda 5 ta gol urib turnir to'purariga aylandi.
Shuningdek, o'tgan yili U-17 o'rtasida Qatardagi jahon chempionatida ham qatnashdi va hamda bitta gol muallifiga aylangan.
Asilbek jamoamizning ahil oilasiga xush kelibsan!", -deyiladi "Andijon" klubi bergan bayonotda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar
Нефтчи
Пахтакор
Насаф
Динамо
Бунёдкор
АГМК
Навбахор...
Знди савол Андижон кайси каманда орасига кириб олса