Humoyunmirzo Iminov: "Men raqobatga tayyorman"
06 jan 20:37
Yangiliklar
Humoyunmirzo Iminov: "Men raqobatga tayyorman"
- Humoyunmirzo, "Andijon" klubiga xush kelibsiz! Ushbu taklifni qabul qilishda kim bilan maslahatlashdingiz?
- Avvalambor, Andijon muxlislariga assalomu alaykum. Taklifga keladigan bo'lsak, dadam va akam bilan maslahatlashdim.
- Rosti, shunday taklif bo'lishini kutganmidingiz va uni qanday qabul qildingiz?
- To'g'risini aytsam, taklif bo'lishini kutmagandim. Lekin bunday atmosferada o'ynashni niyat qilgandim. Ushbu taklifdan xursand bo'ldim.
- Bilasiz, bu mavsumda jamoaning maqsadlari va rejalari katta. Shuning uchun tarkib kuchaytirilyapti. Raqobat ham kuchli bo'ladi. O'zingizni ko'rsatishga tayyormisiz?
- Men ham jamoaga qo'ldan kelgancha maqsad va rejalarni amalga oshirish yo'lida o'z hissamni qo'shmoqchiman. Raqobat bor joyda o'sish bo'ladi. Men raqobatga tayyorman. Xudo xohlasa, albatta o'zimni yaxshi taraflama ko'rsataman va shunga harakat qilaman.
- "Burgutlar" azosiga aylanishingizni faoliyatingizda qanday bosqich deb o'ylaysiz?
- Yuqori deb hisoblayman. Xudo xohlasa, futbolchi sifatida o'sishimga yordam beradi, deb o'ylayman.
- O'zingiz uchun raqamni tanladingizmi?
- 10 va 11-raqamlarni juda yoqtiraman. Shulardan birini tanlagan bo'lardim.
- "Andijon"ga o'tishingiz bilan tabriklagan dastlabki uch nafar odam kim bo'ldi?
- Dadam, onam va akam birinchilardan tabriklashdi.
- Muxlislar uchun nima deya olasiz?
- Muxlislarga yoqadigan o'yin ko'rsatishga harakat qilaman hamda jamoamizni yaxshi natijani qo'lga kiritishida o'z hissamni qo'shishga bor kuchimni sarflayman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar