Yamal "Atletik"ga qarshi o'yindan oldingi rasmiy mashg'ulotni o'tkazib yubordi
07 jan 00:39
Yangiliklar
Yamal "Atletik"ga qarshi o'yindan oldingi rasmiy mashg'ulotni o'tkazib yubordi
Yamal zalda alohida shug'ullandi.
Lamin Yamal Jiddadagi Qirol Abdulloh nomidagi stadionda o'tkazilgan "Barselona"ning "Atletik" bilan o'yindan oldingi rasmiy mashg'ulotida ishtirok etmadi.
Ko'k-anorranglilar qanot hujumchisi shanba kungi "Espanol"ga qarshi o'yindan (2:0) ikki kun oldin ham mashg'ulotni o'tkazib yuborgandi. O'shanda Lamin o'yinda qatnashish imkoniyatiga ega bo'lgan edi.
Klub futbolchining mashg'ulotda qatnashmagani sabablarini malum qilmadi. Takidlanishicha, Yamal sport zalida individual mashqlarni bajargan va uning o'yinda ishtirok etishi bilan bog'liq muammolar bo'lmasligi kerak.
"Barselona" va "Atletik" jamoalari ertaga Ispaniya Superkubogi yarim finalida bellashadilar.
O’xshash yangiliklar
01:50
Ispaniya Superkubogi. "Barselona" "Atletik"ni o'ta yirik hisobda taslim etib, finalga yo'l oldi 28
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar