"Yuventus" Kezani "Liverpul"dan qaytarishi mumkin
06 jan 21:25
Yangiliklar
"Yuventus" Kezani "Liverpul"dan qaytarishi mumkin
Insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, "Yuventus" hujumchi Federiko Kezani "Liverpul"dan yana safiga qaytarish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Turinliklar 28 yoshli futbolchining transferiga qiziqish bildirgan, biroq muzokaralar hozircha boshlang'ich bosqichda. Qaror "Liverpul" klubi va futbolchining poziciyasiga bog'liq bo'ladi.
Keza 2020 yilning oktyabridan 2024 yilning avgustigacha "Yuventus" safida to'p tepgan, shundan so'ng "Liverpul"ga o'tgan. 2025/26 yilgi mavsum u mersisaydliklar tarkibida 20 o'yinda qatnashib, 469 daqiqa maydonda bo'lgan, 2 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Transfermarkt portali Kezaning transfer qiymatini 18 mln evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar