Insayd tasdiqlandi: "Xorazm" futbolchisi OKMKga o'tdi
05 jan 15:52
Yangiliklar
Insayd tasdiqlandi: "Xorazm" futbolchisi OKMKga o'tdi
"Yangi mavsum oldidan OKMK klubning sport siyosati doirasida asosiy jamoa tarkibini shakllantirish bo'yicha izchil va tizimli ishlarni amalga oshirmoqda. Ushbu jarayonda yosh, mahalliy hamda klubning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasiga mos futbolchilarni jalb etishga alohida etibor qaratilmoqda.
Shuningdek, "konchilar" safini tark etgan futbolchilar o'rnini klubning rivojlanish falsafasi, tanlangan o'yin modeli va institucional maqsadlariga mos ijrochilar bilan to'ldirish asosida muvozanatli transfer siyosati izchil olib borilmoqda.
Mazkur transfer siyosati doirasida qishki transfer oynasidagi navbatdagi transfer amalga oshirildi. Yarim himoyachi Hazrat Tursunqulov OKMK safini to'ldirdi. Futbolchi bilan ikki yillik shartnoma imzolandi va u yangi mavsumdan boshlab "konchilar" sharafini himoya qiladi.


Malumot uchun, 26 yoshli tayanch yarim himoyachi bunga qadar "Oq-tepa", "Metallurg", "Dinamo" hamda "Xorazm" jamoalarida to'p tepgan. U professional faoliyati davomida 117 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol va 6 ta golli uzatma muallifiga aylangan", – deyiladi xabarda.
Avvalroq "Xorazm" futbolchisi variantlar orasidan OKMKni tanlaganini malum qilgan edik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar