Rasmiy xabar: Umid Ergashev - OKMK futbolchisi!
01 jan 19:49
Yangiliklar
"Yangi mavsum oldidan jamoa oldiga qo'yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, shuningdek, tarkib sifatini oshirish maqsadida OKMK professional futbol klubi qishki transfer oynasi doirasida ilk rasmiy transferini amalga oshirganini malum qiladi.
Umid Ergashev darvozabon sifatida yuqori reakciya tezligi, o'yinni o'qish qobiliyati va zarbalarga qarshi barqaror harakatlari bilan ajralib turadi. U bungacha "Navbahor" va "Nasaf" klublari safida, shuningdek, O'zbekiston o'smirlar hamda olimpiya terma jamoalari tarkibida ham faoliyat olib borgan.
Yangi golkiperimiz klub miqyosida umumiy hisobda 83 ta uchrashuvda maydonga tushib, shundan 28 tasida darvozasini daxlsiz saqlab qolgan. Shuningdek, Umid Ergashev O'zbekiston U-18 (5), U-19 (5), U-21 (3) va U-23 (8) terma jamoalari safida ham o'zining ishonchli va barqaror o'yini bilan bir nechta bahslarda samarali ishtirok etgan.
OKMK FK murabbiylar shtabi Umid Ergashevning reflekslari, pozicion o'yini va birga-bir vaziyatlardagi sovuqqonligini yuqori baholaydi", – deyiladi xabarda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar