"Real" 70 mln evrolik xavbekka ko'z tikdi
06 jan 21:00
Yangiliklar
"Real" 70 mln evrolik xavbekka ko'z tikdi
AS nashrining xabar berishicha, "Real" "Kristal Pelas" yarim himoyachisi Adam Uortonni transfer qilish niyatida.
Manba malumotlariga ko'ra, 21 yoshli angliyalik futbolchining transfer qiymati 70 mln evrodan ortiq deb baholanmoqda. "Real" Angliya terma jamoasi futbolchisini markazda Orelen Chuameniga ideal o'rinbosar yoki Arda Gyulerga hujumga yaqinroq o'ynash imkonini beradigan variant sifatida ko'rmoqda.
Shuningdek, "Manchester Siti", "Liverpul", "Manchester Yunayted" va "Chelsi" ham "Kristal Pelas" xavbekiga qiziqish bildirmoqda.
Uorton 2025/26 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 27 o'yin o'tkazib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi 2029 yilning 30 iyunigacha amal qiladi.
Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 60 mln evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar