So’nggi yangiliklar

02:15АПЛ. "Челси" ўз майдонида "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилди  9 02:09Иван Бошкович: "Жамоага қандай фактор етишмаётганини биламан, бироқ буни тушунтириб беришим жуда қийин"  0 01:26АПЛ. "Тоттенхэм" яна мағлуб бўлди, бу сафар "Астон Вилла"га  2 01:19Саудия Арабистони. "Ал Насср" дуранг ўйнаб, 3-ўринни бой берди, "Ал Ҳилол"дан камбэк!  1 00:33"Сурхон" спорт директори: "Кубокда финалга қадар боришни мақсад қилгандик. Февзи Давлетов номидан узр сўраб қўяман"  1 23:24"Атлетико" Влаховичга қизиқиш билдирмоқда  1 22:30Де Зерби ПСЖ ва "Интер" ўртасидаги EЧЛ финали ҳақида: "Netflix’да фильм томоша қиламан"  3 22:04Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Сўғдиёна"ни мағлуб этди   18 21:58Хёйсеннинг "Реал"даги маоши маълум. АПЛ клублари ҳимоячига кўпроқ пул тўлашга тайёр эди  3 21:35МЮда мавсумнинг энг яхши ўйинчиси аниқланди  0 21:11Хосеп Гвардиола: "Албатта, биз Англия кубогини қўлга киритишни истаймиз, аммо бу биз учун етарли эмас"  1 20:43Хёйсен "Реал" билан 5 йиллик шартнома имзолайди  20 20:20"Атлетико" 55 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  31 19:50УЕФА Чемпионлар Лигаси йўлланмаси учун жиддий кураш. "Чипта" битта — даъвогар эса иккита  9 19:44"Сурхон" — "Сўғдиёна". Асосий таркиблар маълум  2

Mirjalol Qosimov: “Nasaf” bilan 6 ochkolik o'yin bo'ladi” Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: “Nasaf” bilan 6 ochkolik o'yin bo'ladi”

Superliganing 18-turidan o'rin olgan OKMK - “Surxon” (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida


- Og'ir o'yin bo'ldi. Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan so'ng o'yin ritmiga qaytib olish qiyin bo'ladi. Biz bunga tayyor edik, avvaldan bilgan holda tayyorgarlik ko'rgandik.


“Surxon” o'ziga yarasha “boshog'riq” jamoa. Bugun ular birinchi bo'limda yaxshi harakat qilishdi. CHetlatish qaysidir manoda bizning ham zararimizga ishladi. Yigitlar raqib 10 kishi qoldi deb, xotirjamlikka berilishdi. Birinchi bo'limdagi o'yinimiz og'ir o'tdi. Ikkinchi bo'limda o'yin tezlashdi, ko'proq yugurishni boshladik. Oxir-oqibat darvozasiga to'p kiritdik va bu gol g'alabamizga sabab bo'ldi. “Surxon” jamoasiga navbatdagi uchrashuvlarda omad tilayman. Biz navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlaymiz.


- Keyingi o'yinda “Nasaf”ga to'qnash kelasizlar. Bu uchrashuv uchun qanday rejalar bor?


- Albatta, birinchi navbatda bugungi o'yinni tahlil qilishimiz kerak. “Nasaf” kuchli jamoa, qarshiliklar bejizga jadval peshqadami emas. Juda muhim va 6 ochkolik o'yin bo'ladi. Biz uchun chempionlik poygasidagi oxirgi imkoniyat desa ham bo'ladi. Yutsak, oldimizda imkoniyat paydo bo'ladi, yutqazsak esa yo'q.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика