Asror Aliqulov: "Oddiy vaziyatda xatoga yo'l qo'yib gol o'tkazib yubordik"
10 noy 21:00
Yangiliklar
Asror Aliqulov: "Oddiy vaziyatda xatoga yo'l qo'yib gol o'tkazib yubordik"
Superliga 28-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Sho'rtan" (1:0) uchrashuvidan so'ng "Sho'rtan" bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O'yin haqida fikringiz?
- O'yin kurashlarga boy bo'ldi. "Surxon" jamoasidan bosim kutgandik va shunga yarasha tayyorgarlik ko'rgandik. Bugun himoyada yaxshi o'ynadik deb o'ylayman, ammo hujumga chiqishga qiynaldik. Texnik xatolar o'z tasirini ko'rsatdi. Oddiy vaziyatda xatoga yo'l qo'yib gol o'tkazib yubordik. Oxirgi soniyagacha o'yinni saqlab qolishga harakat qildik, lekin afsuski mag'lubiyatga uchradik. Futbolchilarimizga oxirigacha kurashishgani uchun rahmat aytaman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Сельта"га мағлуб бўлди, Гарсия ва Кассерас қизил карточка олди
Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда
Алонсо кечаги мағлубиятдан сўнг ҳакамни кескин танқид қилди
"Олтин тўп" соҳиби Салоҳни танқид қилди
Fikrlar