"Meynu shunchaki alo darajada to'p tepdi" - Ferdinand
28 noy 2023 16:28
Yangiliklar
"Meynu shunchaki alo darajada to'p tepdi" - Ferdinand
"Kobbi Meynu markaziy himoyachilarga yordamlashdi, uzatmani qabul qildi, 1-2 teginishda o'ynadi, raqiblar o'rab olgan bo'lsa-da, to'p bilan yaxshi harakat qildi. U kurashlarda faol bo'ldi, pressingda qatnashdi, ajoyib pas berdi. Buni markaziy himoyachilar va darvozabon kutgandi, chunki u bosim ostida o'ynashni biladigan futbolchi.
Premer-ligaga xuddi shunday o'yini orqali kirib kelgan 18 yoshli yigitlarni eslab ko'rishga urindim... Fabregas nomi esga keldi.
Men Meynu Fabregas kabi yaxshi deb aytmayapman, u nisbatan kuchliroq edi. Men xotirjamlik haqida gapiryapman. Meynu shunchaki alo darajada to'p tepdi.
- Asosiy tarkibda kim afzalroq: Kobbi Meynu yoki Sofyan Amrabat? Ayni damda Meynu afzalroq. U asosiy ishlarni yaxshi bajaradi. Ammo hozircha u faqat bitta o'yin o'tkazdi, keling, biz uning keyingi o'yinlariga ko'proq etibor qarataylik", – dedi Ferdinand.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar