Amorim MYU sxemasi o'zgarishi haqida: "Qaror OAV bosimi tufayli qabul qilinmadi. Agar futbolchilar tizimni matbuot sabab o'zgartirdim deb hisoblashsa, bu murabbiy uchun yakun demakdir"
29 dek 21:43
Yangiliklar
Amorim MYU sxemasi o'zgarishi haqida: "Qaror OAV bosimi tufayli qabul qilinmadi. Agar futbolchilar tizimni matbuot sabab o'zgartirdim deb hisoblashsa, bu murabbiy uchun yakun demakdir"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoa sxemasi o'zgarishi borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
APLning "Nyukasl"ga qarshi o'tgan o'yinida (1:0) Amorim uchta emas, to'rtta himoyachili sxemaga o'tgandi.
"O'tgan mavsum davomida jamoani qabul qilib olganimda, menda bu tizimda yaxshi harakat qila oladigan o'yinchilar yo'q bo'lishi mumkinligini tushungandim, ammo bu jarayonning boshlanishi edi. Biz o'z uslubimizni yaratishga harakat qildik. Hozir vaziyat boshqacha. Bizda o'yinchilar unchalik ko'p emas va biz moslashishimiz kerak, toki ular nima uchun o'zgarishlar qilayotganimizni tushunishsin.
Bu qaror OAV yoki muxlislar bosimi tufayli qabul qilinmadi. OAV doimiy ravishda sxemani o'zgartirish kerakligini aytsa, men hech narsa qila olmayman, chunki futbolchilar men uni matbuot sabab o'zgartiryapman deb o'ylashadi, bunday holatda esa bu murabbiy uchun yakun demakdir.
Qachonki biz o'z tizimimiz bo'yicha yaxshi o'ynasak – ana o'shanda nimanidir o'zgartirish kerak. Biz yaxshiroq bo'lamiz, chunki barcha o'yinchilar qaytganda, biz doimiy ravishda uchta himoyachi bilan o'ynamaymiz", – dedi Ruben Amorim.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?
Нималар қиляпсан, "Астон Вилла"?! Эмери жамоаси "Челси" майдонида ҳам ғалабага эришди
"Аркадаг" кетма-кет учинчи марта Туркманистон Кубогини қўлга киритди
Fikrlar