Messining otasi MLS klubi bilan muzokara o'tkazdi
15 sen 2019 16:55
Yangiliklar
Messining otasi MLS klubi bilan muzokara o'tkazdi
"Barselona" sardori Leo Messining otasi MLS vakili bo'lgan Devid Bekxemning klubi hisoblangan "Inter Mayami" bilan muzokaralar o'tkazdi.
"Mirror" xabariga ko'ra, Angliya termasining sobiq sardori ushbu mavsum yakunlanganidan keyin futbolchiga jamoasi bilan shartnomasini bekor qilishini va mo'maygina maosh taklif qilgan. O'z navbatida "Barselona" rahbariyati argentinalik bilan bir umrlik shartnoma imzolamoqchi.
Ayni damda forvard jarohati sababli o'yinlarda qatnasha olmayapti.
32 yoshli Messi "Barselona" tarkibida 2003 yildan buyon harakat qilib kelmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar