Messi Ronaldu bilan tushlik qilishga rozi
12 sen 2019 17:51
Yangiliklar
Messi Ronaldu bilan tushlik qilishga rozi
Turinning "Yuventus" klubi forvardi Krishtianu Ronaldu uzoq yillik raqobatdoshi Lionel Messi bilan tushlik qilishni xohlayotganini aytgan edi.
Argentinalik futbolchi esa Ronaldu bilan yaqin do'st emasligiga qaramay, uning taklifini qabul qildi.
"Uning taklifini qabul qildimmi? Ha. Men har doim u bilan muammolarim bo'lmaganligini aytganman. Biz hech qachon do'st bo'lmasligimiz mumkin, chunki bitta kiyim almashtirish xonasida bo'lmaganmiz, ammo men uni doim taqdirlash marosimida ko'raman va boshqa muammo yo'q.
Aytgancha, biz oxirgi taqdirlash marosimida bir-birimiz bilan uzoq vaqt suhbat qurdik. Birga tushlik qilamizmi yoki yo'q, bilmayman. Har birimizning o'zimizni hayotimiz va majburiyatlarimiz bor. Ammo, uning taklifini qabul qildim", - deydi Lionel Messi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Fikrlar