Mbappe to'lanmagan maosh masalasida PSJ bilan sudgacha kelishib olishni istamadi
11 sen 21:14
Yangiliklar
Mbappe to'lanmagan maosh masalasida PSJ bilan sudgacha kelishib olishni istamadi
"Real" klubi futbolchisi Kilian Mbappe sobiq jamoasi PSJ to'lashi kerak bo'lgan 55 mln evro pul masalasini sudgacha, o'zaro kelishgan holda hal qilish taklifini rad etdi.
Gap shundaki, bugun Franciya Professional futbol ligasining yuridik masalalar bo'yicha kengashi PSJ va Kilian Mbappening huquqshunoslari ishtirokida yig'ilish o'tkazdi. Kengash tomonlarni sudgacha kelishib olishga chaqirdi. Bu taklif faqat PSJ tomonini qoniqtirdi. Kilian Mbappening vakillari esa PSJ bilan bu masala bo'yicha hamkorlik qilishni rad etishdi. Endi barchasi sudda hal bo'ladi.
Malumot uchun, Kilian Mbappe PSJdan klubda o'tkazgan oxirgi uch oyi uchun maosh va bonuslarni (umumiy miqdor 55 mln evro) talab qilmoqda. Hujumchi bu masala bo'yicha Franciya Professional futbol ligasi va UEFAga shikoyat qilgandi. Ushbu holat bo'yicha PSJ klubiga transfer taqiqi tushishi mumkin.
Fikrlar