So’nggi yangiliklar

07:59Суперлига. Бугун бизни учта учрашув кутиб турибди  0 07:45Суперлига. "Пахтакор" – "Насаф" 1:0  0 07:29"Нефтчи" - "Қизилқум" учрашувига қўшимча чипталар сотувга чиқарилади  5 00:57"Арсенал"га МЮ тарбияланувчиси керак  0 00:24Мане 2015 йилда нега МЮга ўтмаганини айтди  0 23:54Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:37"Пахтакор" 7 ўйин деганда Суперлигада "Насаф"ни мағлуб этди  4 23:13Дуайт Йорк "Юнайтед"да Шешконинг ўрнига кимни ўйнатиш кераклигини айтди  1 22:50Каррагер "Ливерпуль" ҳақида: "Мавсумни тўлақонли пароканда қилиш учун марказий ҳимоячи жароҳат олса бўлгани"  0 22:16Жорди Альба: "Ямал ва Мессини солиштириш нотўғри"  0 21:54Камолиддин Тожиев: "Мухлисларга ёқадиган ўйин бўлди"  2 21:39Рўзиқул Бердиев "Пахтакор" майдонидаги мағлубиятдан кейин нималар деди?  40 21:21Аденис Шала: "Пахтакор"дан яхшироқ ўйнадик"  5 20:59Игорь Сергеев: "Мавсумни муносиб якунлаш керак"  3 20:39"Сурхон"нинг футболчилари олдида қарзлари бор  14

"Mashal" Superligaga qaytibgina qolmay, chempionlik uchun kurash olib borishga tayyor!" Yangiliklar

"Mashal" Superligaga qaytibgina qolmay, chempionlik uchun kurash olib borishga tayyor!"

Xabaringiz bor, Muborakning "Mashal" klubi 2024 yilgi Pro ligada barcha raqiblardan ko'proq ochko to'pladi va liga g'olibi sifatida Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

"Muborak tumanining sharafi va faxri bo'lgan "Mashal" futbol klubi 3 yillik tanaffusdan so'ng Superligada ishtirok etadigan bo'ldi. Bu qayta tiklanish jarayoniga klub bosh homiysi "O'zmilliybank" AJ katta hissa qo'shdi desak mubolag'a bo'lmasa kerak. Bank nafaqat futbolchilarni moliyaviy qo'llab-quvvatladi, balki infratuzilmani rivojlantirish yo'lida kamarbasta bo'ldi.

Bankning ko'magi orqali klub infratuzilmasi yaxshilash, Bahrom Vafoev nomidagi stadionning zamonaviy holatga keltirilishi, yosh iqtidorli futbolchilarni qo'llab-quvvatlash va ularga zarur sharoitlarni yaratish asosiy yo'nalishlardan biriga aylandi", - deb yozadi bank rasmiy sayti.



PFL rahbariyati ayni paytda Bahrom Vafoev nomidagi stadion Superliga talablariga javob bermasligini malum qildi.  Asosiy kamchilik bu stadion chimi bilan bog'liq ekani hech kimga sir emas. Biroq "O'zmilliybank" yordamida "Mashal" tez fursatlarda barcha kamchiliklarni bartaraf etishi kutilmoqda. Sababi bu yil o'zining 33 yilligini nishonlayotgan O'zbekistonning eng tarixiy va baquvvat banklaridan biri uchun kichkinagina stadionning maysasini almashtirish hech qanday qiyinchilik tug'dirmasligi aniq.


Malumot uchun, Muborak klubi o'z tarixida O'zbekiston chempionati kumush medalini qo'lga kiritgan va mamlakat kubogi finaliga chiqqan. 2006 yil kichkinagina tuman jamoasi O'zbekiston sharafini Osiyo maydonlarida himoya qilgan. Osiyo chempionlar ligasi doirasida Saudiya Arabistonining "Al Hilol"dek klubi taslim etilgan.




SHaxsiy fikrimcha, "O'zmilliybank" yordamida "Mashal" 2025 yilda o'z tarixidagi eng yaxshi mavsumlardan birini o'tkazsa kerak. Sababi mazkur bankda futbolning haqiqiy fidoyilari faoliyat olib borishmoqda deb eshitdim. Buni rasmiy saytda chiqqan bayonotdan ham bilib olish qiyin emas. "Mashal" 2024 yilda "O'zmilliybank" logotipi tushirilgan formalarda o'ynadi va Pro liga g'olibi bo'ldi, yani klub ushbu brendni eng yuqoriga olib chiqa oldi. Endi qadam tashlash navbati bank tomonida qoldi.

"2025 yilda bankning say-harakatlari bilan jamoa Superligaga qaytibgina qolmay, chempionlik uchun kurash olib borishga tayyor. Bu nafaqat "Mashal", balki O'zbekiston futboli uchun ham katta yuksalish, o'sish bilan barobar.

Zero, "O'zmilliybank" "Mashal" timsolida o'zbek futbolida yangi davr boshlanishiga ishonch bildiradi", - deb yoziladi "O'zmilliybank" rasmiy saytida.




2025 yilda O'zbekiston Superligasida Qashqadaryo viloyatidan bir yo'la uchta klub ishtirok etadi. "O'zmilliybank"dek homiylar yordamida ommaviy va bolalar futboli rivojlanishi, yosh avlod sog'lom bo'lib tarbiya topishiga ishonchimiz komil.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика