"Mashal" "Qizilqum"ni G'uzorda qabul qiladi
07 may 14:23
Yangiliklar
"Mashal" "Qizilqum"ni G'uzorda qabul qiladi
Superliganing 9-turida Muborakning "Mashal" klubi o'z uyida Navoiyning "Qizilqum"ni qabul qiladi.
11 may kungi mazkur bahs G'uzordagi Markaziy stadionda bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi. Eslatib o'tamiz, 4 may kungi "Sho'rtan" - "Dinamo" o'yini bilan 7 yillik tanaffusdan so'ng Superliga uchrashuvi G'uzorga qaytdi.
O'zbekiston kubogi doirasidagi "Mashal" - "Olimpik" uchrashuvi esa 14 may kuni Muborakdagi Bahrom Vafoev nomidagi stadionda o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar