So’nggi yangiliklar

03:15Равшан Эрматов билан дуч келган мундиалда майдонга тушиш учун пул тўлаган, "Атлетико Мадрид" либосини кийган ҳамда Арманистонда рекордлар қайд этган "Насаф"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз   2 00:40"Барселона" бош мураббийи Флик: "Рэшфордни кўп йиллардан бери кузатиб келаяпман"  2 00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  1 00:07Ўзбекистонда трансфер ойнаси расман ёпилди  4 23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  3 23:27"Ман Юнайтед" "Ман Сити"га керак бўлмай қолган дарвозабонга қизиқмоқда  3 22:59Гёкереш: "АПЛ – дунёдаги энг яхши лига. Бу ерда ўйнашни доим орзу қилганман"  0 22:35Месси МЛСда ой ўйинчиси деб топилди  33 22:07Расман: "Қўқон-1912" Клейди Даци ва Аброр Каримовни ўз сафига қўшиб олди  1 21:23"Ливерпуль" яна бир супер трансферни ҳал қилишга яқин  5 20:51Расман: "Қўқон-1912" яна икки нафар футболчини ўз сафига қўшиб олди  0 20:38Расман: Маҳмуд Маҳамаджонов мавсумнинг иккинчи қисмини "Динамо"да ўтказади  1 20:25Расман: Аббосбек Файзуллаев - "Истанбул Башакшехир" футболчиси!  15 20:06Ўртоқлик ўйни. "Ливерпуль" японларни мағлуб этди  5 19:55Футзал. ОКМК икки нафар бразилиялик футзалчилар билан шартнома имзолади  2

Markaziy Osiyo. "Istiqlol" va "Arkadag'" peshqadamlikka qaytdi Yangiliklar

Markaziy Osiyo. "Istiqlol" va "Arkadag'" peshqadamlikka qaytdi

Markaziy Osiyo mamlakatlari chempionatlari bilan tanishtirishda davom etamiz.

QOZOG'ISTON

O'zbekistonlik futbolchilar

Odil Abdumajidov, Behruz Asqarov, Xurshid Muxtorov, Shahboz Umarov (barchasi – «Turon»)

Qozog'iston chempionatida 7-tur o'yinlari yakunlandi. Unda quyidagi natijalar qayd etildi:

«Ulitau» – «Qayrat» – 1:4

«Jenis» – «Aktobe» – 0:1

«Atirau» – «Ordabasi» ­– 1:2

«Turon» – «Jetisu» – 0:0

«Qaysar» – «Astana» – 1:1

«Elimay» – «O'qjetpes» – 0:2

«Tobol» – «Qiziljar» – 2:1

Turnir jadvalida sakkiztadan o'yin o'tkazgan «Qayrat» birinchi, «Astana» ikkinchi o'rinni egallab turibdi.

To'purarlar ro'yxatida «Qayrat»ning yosh forvardi Dastan Satpaev va «Astana» hujumchisi Marin Tomasov 6 tadan gol urgan holda etakchilik qilmoqda.

8-tur o'yinlari 10–11 may kunlari o'tkaziladi:

10 may

«Qiziljar» – «Ulitau»

«Qayrat» – «Jenis»

«Turon» – «Atirau»

«Astana» – «Tobol»

11 may

«Jetisu» – «O'qjetpes»

«Ordabasi» – «Qaysar»

«Aktobe» – «Elimay».

TOJIKISTON

 O'zbekistonlik futbolchilar

Hamidullo Abduhakimov, Sardor Xursandov, Mirjalol Qosimov, Sanjar Rixsiboev, Diyor Shavqiev, Izzatilla Tursunov, Zoir Tursunov (barchasi – «Esxata»); Suxrob Berdiev, Bobur Qosimov, Abdujalil Manazarov, Mirzohid Mirzomahmudov, Jahongir Safarov, Sardor Saidov, Shahzod Shamsiddinov (barchasi – «Istaravshan»); Zafar Ismoilov («Hulbuk»); Firdavs Abdusalimov, Asiljon Begimqulov, Islom Toshpo'latov (barchasi – «Xo'jand»); Ayubxon Alimov, Rustam Qo'chqorov (barchasi – «Panjsher»).

Tojikiston chempionatida navbatdagi tur o'yinlari ortda qoldi. «Istiqlol» mazkur turda g'alaba qozonib, peshqadamlikka qaydgan bo'lsa, «Vaxsh» o'z maydonida ochko yo'qotdi. Navbatdagi tur o'yinlari 9–11 may kunlari o'tkaziladi.

QIRG'IZ RESPUBLIKASI

O'zbekistonlik futbolchilar

Abdug'ani Kamolov («Abdish-Ata»), Ismoil Abdurakhmonov, Sarvar Ablaev, Jamshid Kobulov, Eldor Mamatkazin, Mirzokhid Mamatxonov, Nuriddin Nuriddinov, Muhammadali Tursunov (barchasi – «Alay»); Azamat Maksumov, Timur Nabiev (barchasi – «Asiagol»); Dadaxon Yusupov («Ilbirs»), Sherzod Abdullaev («Qirg'izoltin»), Aziz Kosibxonov («Muras Yunayted»), Farhod Mirahmadov, Sirojiddin Bashriddinov («Neftchi»), Xushnud Bozorov, Rustam Quchqorov, Shohruhbek Muratov, Otabek Mo'minov, Ismoilxon Oxunxonov, Akmal Rahimov, Shukurjon Rustamjonov, Maradona Safarov, Behruz Shodmonov, Andrey Sidorov, Saidumar Sodiqov, Jasurbek Umrzoqov (barchasi – «O'shSU-Aldier»); Islom Abdullaev, Izzatilla Abdullaev, Jahongir Qushoqov, Javohir Sohibov (barchasi – «O'zgan»), Ulug'bek Sharipov, Nurmuhammad Toshpo'latov (barchasi – «Talant»).

Qirg'iz Respublikasi chempionatida 8-tur o'yinlari ortda qoldi. Turnir jadvalida «Muras Yunayted» peshqadamlik qilmoqda. Bir ochko ortda borayotgan «Alay» eng yaqin taqibchi hisoblanadi. To'purarlar jadvalida «Neftchi» hujumchisi Eldar Moldojunusov 6 ta gol bilan etakchilik qilmoqda. «Qirg'izoltin» hujumchisi Nurbol Baktibekov hisobida 5, «Dordoy» yarim himoyachisi Vladislav Kobylyanskiyda 4 ta gol mavjud.

TURKMANISTON

Turkmaniston chempionatida 9-tur o'yinlari ortda qoldi. Unda quyidagi natijalar qayd etildi: 

«Arkadag'» – «Ahal» – 3:1

«Altyn Asir» – «Nebitchi» – 1:0

«Shagadam» – «Ashxobod» – 1:0

«Marv» – «Kopetdag» – 0:1

Turnir jadvalida «Arkadag'» 6 o'yinda 18 ochko jamg'argan holda peshqadamlik qilmoqda. «Ahal» 8 o'yinda 18 ochko jamg'arib, ikkinchi pog'onada bormoqda. 10-tur o'yinlari 9 may kuniga rejalashtirilgan. «Arkadag'» – «Altin Asir» o'yini nomalum muddatga qoldirildi. 


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

   
07 may 23:11:18
Тож
Тож foydalanuvchining fikriga javob berish
Овжетпес ўзбекчада Ўқжетпес бўларканми?
Оқжетпес ўзбекчада Ўқжетпесми?
   
07 may 23:10:06
Тож
Овжетпес ўзбекчада Ўқжетпес бўларканми?
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика