“Manchester Siti”dan qabul qilib olingan mag'lubiyatdan so'ng ten Xag nimalar dedi?
04 mar 07:51
Yangiliklar
“Manchester Siti”dan qabul qilib olingan mag'lubiyatdan so'ng ten Xag nimalar dedi?
“Manchester Yunayted” ustozi Erik ten Xag kechagi mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.
“Umuman olganda, biz yaxshi harakat qildik. 1:0 hisobida oldinda edik va yana gol urish imkoniyatiga ega bo'ldik. Biz yaxshi himoyalandik va ikki bor ajoyib imkoniyatimizdan foydalana olmadik. SHundan so'ng darvozamizdan birinchi golni olib chiqdik. Bugungi bahsda hech bo'lmasa, bir ochko olishimiz mumkin edi.
Katta ehtimol bilan beshinchi o'rin sohibi ham ECHL yo'llanmasini qo'lga kiritishi mumkin. SHunday ekan, biz beshinchi o'rin uchun kurashamiz”, — dedi ten Xag “Man Siti”dan qabul qilib olingan mag'lubiyatdan so'ng.
Fikrlar