"Manchester Siti" argentinalik 18 yoshli futbolchini sotib oldi
25 jan 2024 20:29
Yangiliklar
"Manchester Siti" argentinalik 18 yoshli futbolchini sotib oldi
“Manchester Siti” iqtidorli argentinalik futbolchi Klaudio Echeverrini sotib oldi.
18 yoshli yarim himoyachi "shaharliklar" bilan 2028 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi.
Biroq u "Man Siti"ga bir yildan so'ng keladi — 2025 yilning yanvarigacha Klaudio "River Pleyt"da o'ynashda davom etadi.
Oldinroq "Siti" Echeverri uchun "River"ga 14,5 million evro, hujumkor yarim himoyachining o'yiniga qarab yana 9 million bonus to'lashi haqida xabar berilgandi.
"River Pleyt" asosiy tarkibida Echeverri 6 ta o'yin o'tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. SHuningdek, futbolchi Argentina U-17 terma jamoasi safida 22 o'yinda 13 gol urgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar