"Man Siti" portugaliyalik himoyachi uchun "Arsenal" bilan kurashishi mumkin
22 fev 20:48
Yangiliklar
"Man Siti" portugaliyalik himoyachi uchun "Arsenal" bilan kurashishi mumkin
"Manchester Siti”, "Arsenal" va "Nyukasl" klublari "Sporting"ning o'ng qanot himoyachisi Ivan Fresneda xizmatiga qiziqish bildirmoqda.
Londonliklar 21 yoshli futbolchini Ben Uaytga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. "Shaharliklar" sport direktori Ugo Viala "Sporting"dagi faoliyati orqali Fresnedaning sifatlaridan xabardor.
Himoyachi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 31 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 3 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 12 mln evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar