So’nggi yangiliklar

19:04"Биз кўпроғига лойиқ эдик". Артета "Ливерпул"га қарши ўйинни таҳлил қилди  0 18:38Слот "Арсенал" билан дуранг нега орқага ташланган қадам эмаслигини тушунтирди  0 18:14Мармуш "Сити"дан кетмоқчи эмас  2 17:45Жаҳон чемпионатининг тўртта юлдузли иштирокчиси март ойида АҚШда учрашади  1 17:18Куни кеча "Сурхон"дан кетган мураббий Зейтуллаев штабида иш бошлади  1 16:57"Арсенал" етакчиси муаммога дуч келди  0 16:35Миржалол Қосимов: "Жон сақлаш учун курашгандан кўра ўйнамаган яхши"  5 16:17Ўзбекистонлик ҳакамлар Осиё Кубоги ўйинида ишлайди  1 15:50Саудия Арабистони гранди Брунуга йирик битим таклиф этмоқда  4 15:22"Арсенал" Англия терма жамоаси ҳимоячиси учун курашга қўшилди  2 14:56Карпенко "Бухоро"дан кетди  1 14:30Суперлиганинг 2025 йилдаги энг яхши мураббийи Қозоғистонда ишлайди  5 14:09​Расман: "Манчестер Сити" Семеньони сотиб олди  4 13:48Токотаев "Локомотив"да тиббий кўрикдан ўтолмади  11 13:25"Манчестер Юнайтед" янги мураббий бўйича қарорни кечиктирди  7

Maksim SHackix: "Dekabr oyida barchasini sarhisob qilamiz. O'yinni nazorat qildik va raqibga imkoniyat bermadik" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Dekabr oyida barchasini sarhisob qilamiz. O'yinni nazorat qildik va raqibga imkoniyat bermadik"

Superliga 15-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Paxtakor" uchrashuvidan so'ng "sherlar" bosh murabbiyi Maksim SHackix matbuot anjumanida ishtirok etdi va o'yin haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

- O'yin haqida

- Yaratgan vaziyatlarimizdan unumli foydalana olganimizda tablodagi hisob boshqacha ko'rinish olgan bo'lardi. Har bir uchrashuvdan oldin yigitlarga o'zimizga o'zimiz muammo to'g'dirmasak, bizga hech kim muammo yarata olmaydi. Penalti belgilangan epizodlarni ko'rib chiqdim. Har doim takidlayman yigitlar bahsli vaziyatlar bo'lsa bizga qarshi qaror belgilanadi deb. Hakamlarni nazorat qiladigan organlar bor. To'p raqib futbolchisining qo'liga tekkanida esa, qo'l tabiiy holatda ekan. Kechirib qoyasiz, ammo bu ikki hil talqin qilish. Birinchi bo'limda vaziyatlarni golga aylantira olganimizda barchasi boshqacha yakun topgan bo'lar edi. Biz o'yinni to'liq nazorat qildik.

- Bugun "Paxtakor" hujumkor o'yin namoyish etdi, "Nasaf" esa ikkinchi raqam bo'lib harakatlandi. Bu jihat jamoangizning o'yinni o'sib borayotganidan dalolat. Yozda amalga oshirilgan transferlardan ko'nglingiz to'ldimi?

- Albatta. Bizga deyarli barchasi o'hshayapti. Dekabr oyida barchasini sarhisob qilamiz. O'zimiz istagan futbolchilar bilan shartnoma imzoladik. Ularga adaptaciya uchun biroz vaqt kerak xolos.

- "Paxtakor" jamoasining bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritishni boshlaganingizdan beri "Nasaf"ni mag'lub eta olmayapsiz. Olti bahsda to'rt mag'lubiyat va ikkita durang. Bunday natijaning sababini aytib o'tsangiz?

- Men statistikaga etibor bermayman. Bu futbol. Eng muhimi, yakunda egallaydigan o'rnimiz. Dekabr oyida sarhisob vaqti keladi. Oldinda bizni ko'p uchrashuvlar kutmoqda. Har bir jamoaga mag'lub bo'limiz va har qanday jamoa ustidan g'alaba qozonishimiz mumkin.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика