Sanjar Quvvatov: "Paxtakor"dan taklif tushganida o'ylab ham o'tirmadim"
08 jan 10:18
Yangiliklar
Sanjar Quvvatov: "Paxtakor"dan taklif tushganida o'ylab ham o'tirmadim"
"Ikki yillik tanaffusdan jamoaga qaytdim. Taklif tushganida o'ylab ham o'tirmadim. Bugun mashg'ulotlarni boshladik. Ikki mahal mashg'ulot o'tkazamiz", - deya fikr bildirdi Sanjar Quvvatov "Paxtakor"ga qaytgani haqida.
- Jamoani braziliyalik darvozabon tark etdi va siz jamoaga qo'shildingiz. Vladimir Nazarov o'tgan mavsumda asosiy darvozabon edi. Raqobat haqida gapirib o'tsangiz? Jamoada kim birinchi raqamli darvozabon bo'ladi?
- "Paxtakor"da raqobat har doim yaxshi bo'lgan. Nazarov milliy terma jamoa darvozaboni. Raqobat bor joyda o'sish bo'ladi. Men ham yanada yaxshiroq va ko'proq harakat qilaman. Vladimirga yaxshi raqobatchi bo'laman degan umiddaman.
- Yangi mavsumda "Paxtakor" o'z oldiga qanday maqsadlar qo'ydi?
- "Paxtakor" o'z oldiga katta maqsadlar qo'yadigan jamoa. Chempionlik, Kubok va Superkubok bizning asosiy vazifamiz.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar