"Biz ko'prog'iga loyiq edik". Arteta "Liverpul"ga qarshi o'yinni tahlil qildi
09 jan 19:04
Yangiliklar
"Biz ko'prog'iga loyiq edik". Arteta "Liverpul"ga qarshi o'yinni tahlil qildi
Ushbu uchrashuvda tomonlar gol ura olmadi — 0:0.
"Albatta, biz g'alaba uchun maydonga tushgan edik, ammo unga erisha olmadik. O'yin davomida aynan biz muvaffaqiyatga yaqinroq ko'rindik — jamoa ko'proq xavfli vaziyatlar yaratdi va muntazam ravishda bo'sh hududlarni topa oldi. Ayniqsa, ikkinchi taymda ustunligimiz yaqqol sezildi, o'sha paytda o'yinni ancha ishonchli nazorat qildik.
Shu bilan birga, ikki sababga ko'ra o'z ustunligimizni to'liq namoyon etish qiyin bo'ldi. Eng avvalo, biz to'pni tez-tez yo'qotdik, bu esa jamoamizga xos holat emas, bu uyg'un jamoaviy harakatlarni yo'lga qo'yishga xalaqit berdi. Bu jipslikka ham salbiy tasir ko'rsatdi. Shu bilan birga, mening fikrimcha, raqib darvoza tomon biror marta ham aniq zarba bera olmadi", – dedi Arteta.
Ochkolar yo'qotilganiga qaramay, "Arsenal" Premer-liga turnir jadvalida etakchilikni saqlab qolmoqda. Jamoa "Manchester Siti" va "Aston Villa"dan 6 ochko oldinda bormoqda. 35 ochko to'plagan "Liverpul" esa beshinchi o'ringa joylashgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar