So’nggi yangiliklar

01:40ЕЧЛ. "Арсенал" – "Байер" (онлайн ҳисоб)  8 01:40ЕЧЛ. "Челси" – ПСЖ (онлайн ҳисоб)  14 01:35Эртак якунланди. "Спортинг" "Буде Глимт" қарши камбэк амалга ошириб, кейинги босқичга йўл олди  17 01:09"Будё Глимт" ЕЧЛда ғалати рекорд ўрнатди  2 01:00ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид" 1:1 (матнли трансляция)  71 00:23"Бавария" "Реал"га қарши эҳтимолий тўқнашув олдидан "Бернабеу"нинг томидан "чўчимоқда"  3 23:50ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид". Ҳусанов жавоб ўйинини бошланғич таркибда бошлайди!  49 23:15Мексика Эроннинг ЖЧ-2026даги ўйинларини қабул қилишга тайёр. Бу ҳақда мамлакат президенти маълум қилди  6 22:52“Барселона” Бастонига қизиқиш билдирмоқда. “Интер” футболчига нарх белгилаган  0 22:36Про лига: мураббийлар билан танишамиз — ОФК Кубоги-2011 ғолиби, "Навбаҳор" собиқ устози ва 2024 йилнинг энг яхши ёшлар мураббийи (1-қисм)   0 21:30Гринвуд "Ювентус"нинг ёзги трансфер ойнасидаги асосий мақсадига айланди  1 21:18"Манчестер Юнайтед" Каземиро бўйича қарорни қайта кўриб чиқмайди  1 20:49Костакурта: "Мен Леауни алмаштирмаган бўлардим"  1 20:21Расман: Францис Нарх "Каттақўрғон" футболчисига айланди  4 19:52"Арсенал" ҳимоячиси билан хайрлашмоқчи эмас  2

Slot "Arsenal" bilan durang nega orqaga tashlangan qadam emasligini tushuntirdi Yangiliklar

Slot "Arsenal" bilan durang nega orqaga tashlangan qadam emasligini tushuntirdi

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot Angliya Premer-ligasining 21-turi doirasida "Arsenal" jamoasiga qarshi o'tgan va 0:0 hisobida yakunlangan o'yin haqida fikr bildirdi.

"Umuman olganda, maydondagi o'yinimizdan mamnunman. Ayniqsa, hozir "Arsenal" ham APLda, ham evrokuboklarda yuqori saviyada o'ynayotganini hisobga olsak, yakuniy hisob ham meni qoniqtirdi. Bunday raqibga qarshi hatto durangga erishish ham oson emas, shu bois bu natijani o'rtacha ijobiy deb baholash mumkin.

Birinchi taymda raqib to'pga ko'proq egalik qildi va tashabbuskorroq ko'rindi. Shunga qaramay, o'sha paytda ham jamoamiz o'z darvozasidan ishonchli hujumlar boshlab, ularning bosim chizig'idan muvaffaqiyatli o'ta olgan lahzalar bo'ldi. Biroq o'yinni nazorat qilish borasida ustunlik londonliklar tomonida qoldi.

Tanaffusdan keyin biz yanada jips harakat qildik, bu esa "Arsenal"ga avvalgidek ustunlik qilish imkonini bermadi. Biz to'p bilan ancha xotirjam o'ynay boshladik va imkoniyatlar yaratdik, ammo hal qiluvchi bosqichda aniqlik etishmadi — jumladan, to'p to'singa tekkan epizodda ham. Aynan shu jihat gol urish uchun etarli bo'lmadi", – dedi Slot.

21-tur yakunlariga ko'ra "Arsenal" 49 ochko bilan APL turnir jadvalida etakchilikni saqlab qolmoqda. 35 ochko jamg'argan "Liverpul" esa to'rtinchi o'rinni egallab turibdi va yuqori pog'onalar uchun kurashni davom ettirmoqda.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
09 jan 19:11:05
Odiljon
Салох болганда ютармидинг лекин яхши
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика