Rasman: Otabek Boymurodov - "Surxon" futbolchisi
08 jan 18:50
Yangiliklar
"Jamoamiz tarkibini yosh va iqtidorli futbolchilar bilan kuchaytirishda davom etmoqda. Futbol klubi 22 yoshli darvozabon Otabek Boymurodov bilan shartnoma imzoladi.
Otabek U-20 Osiyo chempioni hamda 2023 yilda yurtimizda bo'lib o'tgan turnirning eng yaxshi darvozaboni hisoblanadi. Qita birinchiligidagi muvaffaqiyatli ishtiroki unga Argentinada o'tkazilgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida qatnashish imkonini berdi. Ushbu musobaqada O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 1/8 final bosqichigacha etib bordi.
Shuningdek, Boymurodov O'zbekiston olimpiya terma jamoasi safida Osiyo o'yinlarining bronza medali sovrindori bo'lgan.
Klub miqyosida Otabek “Paxtakor” va “Buxoro” jamoalari sharafini himoya qilgan", – deyiladi xabarda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar