Sherzod Nasrullaev: "Sovrinlarim sonini ko'paytirish uchun "Paxtakor"ga keldim. Ronalduga qarshi o'ynash orzum bor edi"
08 jan 08:58
Yangiliklar
Sherzod Nasrullaev: "Sovrinlarim sonini ko'paytirish uchun "Paxtakor"ga keldim. Ronalduga qarshi o'ynash orzum bor edi"
"Paxtakor"dagi yigitlar bilan terma jamoadan tanishmiz. Shuning uchun "Paxtakor"ga keldim. "Nasaf"da barcha sovrinlarni qo'lga kiritdik. Orzu qilib kutilgan chempionlik qo'lga kiritilganidan so'ng faoliyatimdagi yangi bosqichni boshlashga qaror qildim. Mashg'ulotlarni yaxshi boshlab oldik. Sovrinlarim sonini ko'paytirish uchun "Paxtakor"ga keldim", - dedi Sherzod Nasrullaev.
- "Paxtakor"dan tashqari xorijdan takliflar bo'ldimi?
- Takliflar bor edi, ammo "Paxtakor" bilan kelishib bo'lgan edim. Shu sababli ularga jiddiy etibor qaratmadim. Yaxshi taklif ham bo'lmadi, agar yaxshi taklif bo'lganida o'ylab ko'rar edim.
- Qaysi klub yoki chempionatdan taklif bo'ldi?
- O'tgan mavsum Erondan taklif kelgandi. Misrdan ham taklif bo'ldi, ammo ular kech taklif yuborishdi.
- JCHdagi raqiblarimiz bilib oldik. Kolumbiya, Portugaliya va saralashdagi bir jamoa bilan guruh bosqichida to'qnash kelamiz. Raqiblarimiz haqida fikr bildirib o'tsangiz?
- Meni xursand qilgan jihat, Ronalduga qarshi o'ynashimiz. Yoshligimizdan Ronalduga qarshi o'ynash orzum bor edi. Endi Jahon chempionatida unga qarshi maydonga tushamiz.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar