"Arsenal" Angliya terma jamoasi himoyachisi uchun kurashga qo'shildi
09 jan 15:22
Yangiliklar
"Arsenal" Angliya terma jamoasi himoyachisi uchun kurashga qo'shildi
"Kristal Pelas" markaziy himoyachisi Mark Gexi hozirda jahon futbolida eng talabgir himoyachilardan biri hisoblanadi.
"Liverpul" va "Manchester Siti" kabi grand klublar uni anchadan beri kuzatib kelmoqda. Endi esa yana bir top-klub uning imzosi uchun kurashga qo'shilgani malum bo'ldi.
"Mirror Football" malumotlariga ko'ra, Londonning "Arsenal" klubi "Kristal Pelas" himoyachisi uchun kurashni boshlagan. 25 yoshli angliyalik futbolchi "kanonirlar" etiborini tortgan, chunki uning "Kristal Pelas" bilan shartnomasi shu yozda yakunlanadi.

Shuni ham takidlash kerakki, joriy mavsum ingliz markaziy himoyachisi "burgutlar" safida 25 o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ular orasida Liga Kubogi chorak finalida "Arsenal"ga qarshi o'yinda kiritilgan to'p ham bor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar