"Manchester Yunayted" yangi murabbiy bo'yicha qarorni kechiktirdi
09 jan 13:25
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" yangi murabbiy bo'yicha qarorni kechiktirdi
Biroq hozircha barcha muzokaralar vaqtincha to'xtatildi. Buning sababi malum bo'ldi.
"Sky Sports" xabariga ko'ra, Karringtondagi rahbariyat Darren Fletcherning ishidan mamnun. Shu sababli yangi murabbiy qidirish jarayoni, jumladan, Maykl Kerrik va Ole Gunnar Sulsher bilan olib borilayotgan muzokaralar vaqtincha to'xtatilgan.
Klub rahbarlari Fletcherning matbuot bilan muloqoti, shuningdek, u jamoa bilan juda tez o'zaro aloqani yo'lga qo'ygani (u ko'plab futbolchilarni avvaldan yaxshi biladi)dan qoniqish hosil qilgan.
Bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi Fletcherning o'zi ham "Byornli"ga qarshi durangdan so'ng klub "Brayton"ga qarshi o'yinda ham unga ishonch bildirganini tasdiqladi. Bu esa sport bo'limiga, Jeyson Uilkoks boshchiligida, qo'shimcha o'ylab ko'rish uchun vaqt beradi.
Shu bilan birga, Kerrik va Sulsherning vaqtinchalik murabbiylar shtabida birgalikda ishlashi istisno etiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar