Ravshan Haydarov: "Uch ochko qo'lga kiritildi. Bolalarcha qilingan xatolar Eronga qarshi o'yinda takrorlanmaydi deb umid qilaman"
07 jan 21:55
Yangiliklar
Ravshan Haydarov: "Uch ochko qo'lga kiritildi. Bolalarcha qilingan xatolar Eronga qarshi o'yinda takrorlanmaydi deb umid qilaman"
Ravshan Haydarov: – O'yin tizgini bizning nazoratimizda bo'ldi. Uchrashuv oxiri biroz asabiy bo'ldi. Bu xatolar charchoq bilan bog'liq edi. Zaxiradan tushgan o'yinchilarning kirishib ketishi biroz qiyin bo'ldi. Biroq, yakunda biz uch ochkoni qo'lga kiritdik.
Saidumarxon Caidnurullaev: – Bugungi o'yin boshida qiyin bo'ldi. Lekin bizga kerak bo'lgan uch ochko qo'lga kiritildi.
– G'alaba bilan tabriklayman. Futbolchiga savol, yakunda raqibning ikkita gol urishi nima bilan bog'liq?
– Charchoq sabab bo'ldi. Koncentraciya ham biroz yo'qotildi. Keyingi o'yinda bu xatolarni takrorlamaymiz.
– Raqiblarimiz durang o'ynashdi. Bu natija biz uchun qulaymi?
– Raqiblarning o'yinini kuzatamiz albatta. Qanday o'ynashi, hisob qanday. Bu muhim. Lekin biz o'z o'yinimiz bo'yicha oldinga qadam bosib borishimiz kerak. Keyingi raqib Eron. Hozirdan bu uchrashuvga tayyorgarlik boshlandi. Yigitlarning tiklanishi bugundan start oladi. Bugun xatolarga yo'l qo'ydik. Uchrashuvni o'z qo'limizga olgandan keyin xatolar yo'qoldi. Uchrashuvning oxirida esa koncentraciya yo'qoldi, bu charchoq bilan bog'liq. Keraksiz joylarda jarima to'piga sabab bo'ldik. Bunga zaxiradan tushgan yigitlarning hayajoni sabab bo'ldi deb o'ylayman. Bu vaqt davomida to'g'rilanib boradi.
– Bugungi o'yiningizga qanday baho berasiz?
– Biz uch ochko oldik. O'yin sifatida vaqti vaqti bilan biz xohlagandek bo'ldi. Taktika bilan bog'liq xatolar yuz berdi, ammo asosiy xatolar psixologiya bilan bog'liq edi. Bu borada ishlaymiz.
– Keyingi uchrashuvingiz Eronga qarshi bo'ladi. Bu uchrashuv biroz og'irroq bo'ladi. Bu o'yinga qanday tayyorgarlik ko'rasiz?
– Bu uchrashuv xatolarni to'g'rilash uchun imkoniyat bo'ladi. Eronning Koreya Respublikasiga qarshi o'yinini tahlil qilamiz. Bolalarcha qilingan xatolar Eronga qarshi o'yinda takrorlanmaydi deb umid qilaman. Keyingi uchrashuvda ochkolar olishimiz kerak.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar
Ғолиблар муҳокама қилинмайди.
Олға йигитлар шу негатив фикрларни кейинги ўйин билан ёпиб қўйинглар