So’nggi yangiliklar

02:37Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан йирик ғалаба, Бенземадан хет-трик!  0 02:30Бундеслига. Франкфуртда "отишма": "Айнтрахт" - "Боруссия" Д учрашувида 6 та гол урилди  0 02:02Африка Миллатлар кубоги. Марокаш ярим финалда!  0 01:25"Ювентус" "Манчестер Сити" футболчисини текинга қўлга киритмоқчи  1 00:47Испания Суперкубоги финалини ким бошқаради?  1 00:20Майкл Оуэн: "Муҳим ўйинларда Гёкерешга маҳорат етишмаяпти"  2 23:55А Сериянинг декабрь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 23:23Сульшер МЮга қайтса, қанча маош олади?  0 23:05Африка Миллатлар кубогидаги илк ярим финалчи маълум!  1 22:52"Истанбул Башакшеҳир" ўртоқлик ўйинида дуранг қайд этди, Аббосбек Файзуллаевдан гол  7 22:32Лиам Росеньор: "Босим - бу афзаллик"  0 22:01Жиянов қўшилди, Юсупов ва Ўринбоев йўқ. "Навбаҳор"нинг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:46"Динамо" "Ғазалкент"ни мағлуб этган назорат учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:20Расман: Торнике Дзебниаури - "Сурхон" футболчиси  7 20:53Расман: "Хоразм" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  4

Mirjalol Qosimov: "Jon saqlash uchun kurashgandan ko'ra o'ynamagan yaxshi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Jon saqlash uchun kurashgandan ko'ra o'ynamagan yaxshi"

OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov jamoaning qishki yig'inlari, tarkibdagi o'zgarishlar, yangi “Olimpiya” shaharchasidagi sharoitlar hamda Jahon chempionati qura tashlash marosimi haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

— Ayni paytda barcha jamoalar tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Bu yig'inda o'rtoqlik uchrashuvlari ham rejalashtirilganmi yoki asosiy etibor jismoniy holatni tiklashga qaratilganmi?

— Hech narsa shunchaki bo'lmaydi. 21 dekabr kuni 19 kunlik o'quv-mashg'ulot yig'inlarini boshladik. 3–15 yanvar kunlari navbatdagi yig'in o'tkaziladi. Albatta, o'rtoqlik uchrashuvlari ham rejada bor — faqat mashg'ulot bilan cheklanib qolmaymiz.

18–30 yanvar oralig'ida Amirliklarda yig'in bo'ladi va u erda bir qator o'rtoqlik o'yinlari tashkil etiladi. Qaytib kelganimizdan so'ng futbolchilarga 3 kun dam beriladi. Fevral oyidan Antaliyada yig'inlar davom etadi. Shu vaqtga qadar musobaqa taqvimi ham aniq bo'lib qoladi.

— Yangi “Olimpiya” shaharchasidagi maydon sharoitlari qanday?

— Ajoyib. Hozirgi darajadagi maydonlar kam uchraydi. Bu Prezidentimiz va davlat rahbarlarining sportga katta etibor qaratayotganini yaqqol ko'rsatadi. Tayyorgarlik uchun barcha sharoit yaratilgan, endi bundan to'g'ri foydalanishimiz kerak.

— Jamoani tark etgan futbolchilarning o'rnini to'ldirish qiyin kechmayaptimi?

— Bu tabiiy holat. Ayrim o'yinchilarning talablari klub imkoniyatlariga mos kelmadi. Futbolda kelgan-ketgan doim bo'lgan. Hozir ularning o'rnini mahalliy o'yinchilar bilan to'ldiryapmiz. O'ylaymanki, raqobatbardosh jamoa shakllanadi.

Xorij yig'inlarida legioner nomzodlarni ham ko'rib chiqamiz. Agar talablarimizga javob bersa, albatta, shartnoma imzolaymiz. Tarkibning 80 foizini mahalliy futbolchilardan tashkil etamiz. Ularga imkoniyat beramiz, o'zlarini ko'rsatishsin. Biz murabbiy sifatida yo'l ko'rsatamiz, qolgani o'yinchining o'ziga bog'liq.

— OKMK har doim maksimal natijaga intilgan jamoa. Rahbariyat bilan uchrashuvda vazifalar ham belgilab olingandir?

— Albatta. Rahbariyat va murabbiylar tomonidan futbolchilarga maksimal harakat qilish zarurligi tushuntirildi. Jon saqlab qolish uchun kurashgandan ko'ra o'ynamagan yaxshi. Sportchi oldiga doim yuqori maqsad qo'yishi kerak. Eski gap bor: “Osilsang, baland dorga osil”. Harakat qilamiz, kuchli va raqobatdosh jamoa yaratamiz.

— Yaqinda Amerika Qo'shma Shtatlarida bo'lib, Jahon chempionati qura tashlash marosimida ishtirok etdingiz. Taassurotlar qanday?

— Bir tomondan alohida taklif olganimdan xursand bo'ldim. Demak, qilingan mehnatlar zoe ketmagan. Juda chiroyli tadbir tashkil etildi: afsonalar, qura tashlash marosimi, uch davlat rahbarlari ishtirok etdi. Nasib qilgan jamoalar guruhlarga tushdi. Terma jamoamiz Jahon chempionatiga bejiz chiqmagan. O'ylaymanki, munosib natija ko'rsatadi. Omad tilayman.

— Qurada nomdor va kuchli jamoalar tushdi...

— Gap-so'zlar bo'ladi, lekin biz o'zimizni hurmat qilamiz. Mundialga tasodifan chiqilmaydi — barchasi mehnat va saralash orqali qo'lga kiritiladi. Masalan, Italiya ham hali yo'llanmani hal qilgani yo'q.


Reyting: +3   

Fikrlar

+4   
09 jan 16:52:09
Doktor D
Легенда Ока узбек футболила катта имзоингиз бор хурматиз Зур омадизи берсин доим
+1   
09 jan 18:41:49
STENLESS..R
NEWS 24 foydalanuvchining fikriga javob berish
Xaqiqatdan juda ko'p sokinadi lekin zor futbolchi bolgan
Зркаклар б.н ишлагандан кейин сукинадида шундай футболчилар борки сукмасанг булмайди тикув фабрикасида ишламайдику пахта силаб уйнатса
+1   
09 jan 17:16:37
Muxtar Janaev
Xurmat qilaman shu insonni kop sokinadigan bolsayam
   
10 jan 00:30:21
Rasul M
NEWS 24 foydalanuvchining fikriga javob berish
Xar tomonlama sokinish xarom qilingan kim bolishidan qatiy nazar
Aynan sizga oxshaganlarni deb Xozirda Yigitlar qizsifat bolib borayapdi qizlarni xam tarbiyalari buzuq Erkaklar...Xurmat izzat degan narsalar yoqolib ketgan yozuvchi terpilalar kopayip ketgan
   
09 jan 22:11:18
NEWS 24
STENLESS..R foydalanuvchining fikriga javob berish
Зркаклар б.н ишлагандан кейин сукинадида шундай футболчилар борки сукмасанг булмайди тикув фабрикасида ишламайдику пахта силаб уйнатса
Xar tomonlama sokinish xarom qilingan kim bolishidan qatiy nazar
   
09 jan 19:25:08
Abdusalom Mirzayev
Миржалолбой чўнтакка қараб соврин учун ўйналади, ҳатто Топ -5 лигаларда ҳам, ўзиз нега Бунёдкордан Олмалиқга ўтдиз, пул йўқлигиданда.
   
09 jan 18:32:00
Андижан
Умуман нотугри фикр металлургия заводи пул билан таминлаяпти камандаси,Энди фарам килинг узини УЗИ таминледигон каманделар муаммолар гирдобида мажбур булиши мумкин жон саклаб колиш учун
   
09 jan 18:19:48
NEWS 24
Xaqiqatdan juda ko'p sokinadi lekin zor futbolchi bolgan
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика