Kamoliddin Tojiev: "Alijonovni qoldi desak bo'ladi. Ikkita hujumchi olsak..."
08 jan 08:04
Yangiliklar
Kamoliddin Tojiev: "Alijonovni qoldi desak bo'ladi. Ikkita hujumchi olsak..."
"Bugun yig'ildik. 17 yanvarga qadar o'z qarorgohimizda bo'lamiz. Keyin esa Antaliyaga yo'l olamiz, u erda bir oylik yig'in o'tkazishni rejalashtirdik. Orada besh kunlik tanaffus bilan. Yig'inning birinchi qismida uch nazorat o'yinida ishtirok etamiz. Jamoa hali to'liq yig'ilib ulgurmadi. Legionerlarimiz endi safimizga qo'shiladi", - dedi Kamoliddin Tojiev yig'in haqida.
- Igor Sergeevning o'rnini kim bilan to'ldirmoqchisizlar?
- Igor katta yo'qotish. Uning o'rniga bir nechta o'yinchilar bilan muzokara olib boryapmiz. Yana boshqa poziciyalarni ham kuchaytirish niyatidamiz.
- Nasrullaev va Bozorov "Paxtakor"ning hozirgi vaqtga qadar asosiy transferi bo'ldi. Tarkib o'zi qanchalik shakllantirib bo'lindi yoki yana futbolchilar xarid qilinadimi?
- Yana ikkita hujumchi olsak, tarkibimiz 90 foizga tayyor bo'ladi.
- JCH sababli joriy mavsumda Superliga taqvimi ancha zich bo'lishi kutilmoqda. Masalan, gap-so'zlarga qaraganda aprel oyida 6ta tur o'tkazilishi mumkin ekan. Ushbu jihat jamoalarga qanchalik tasir o'tkazishi mumkin? Jarohatlar ko'payib, futbolchilarning jismoniy holatiga salbiy tasir bo'lmaydimi?
- Mart va Aprelda 5-6ta o'yin bo'lar ekan. Shu sababli biz teng kuchga ega ikkita tarkib yig'ishga harakat qilamiz. Jarohatlar bo'lishi aniq.
- Hojiakbar Alijonov haqida ham ko'p gap-so'zlar bo'ldi? Alijonov "Paxtakor"da qoladigan bo'ldimi?
- Alijonov jamoa etakchisi. Uni jamoada qoldi desak bo'ladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar