So’nggi yangiliklar

01:35Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда "Аланяспор" билан дуранг ўйнади, Алиқулов тўлиқ ўйнади  1 01:31"Бавария" — Германия Суперкубоги соҳиби  0 01:07U-21 биринчилиги. Йовович ва Марушич "Насаф"га гол урди, "Сўғдиёна"дан суперкамбэк, пешқадамдан мағлубият  0 00:39Рўзиқул Бердиев: "Мақсадимиз чемпионликни ўзимизда сақлаб қолиш"  4 00:37Ла Лига. "Барселона" йирик ғалаба билан бошлади, "Мальорка" биринчи бўлимдаёқ тўққиз киши бўлиб қолганди   47 00:11"Челси" "Милан" ярим ҳимоячисини қўлга киритмоқчи  0 23:57Элдор Мойлиев: "Насаф" ҳимоясини ёриб ўтиш бизга қийин бўлди"  0 23:39БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" меҳмонда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Ғаниев жамоасининг ягона голига муаллифлик қилди  0 23:31АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Вулверхэмптон"ни тор-мор этди, Ҳусанов захирадан ўйинга қўшилди  26 23:30Суперлига. “Навбаҳор” — “Нефтчи” 0:1   1 23:28Вадим Абрамов: "Мухлисларимиз уйдаги ғалабани соғиниб қолишганди"  3 23:14"Навбаҳор"нинг Намангандаги мағлубиятсиз серияси тугади  2 22:51Миржалол Қосимов: "Юриб футбол ўйнайдиган пайтлар ўтиб кетди"  6 22:03"Манчестер Юнайтед" Дания терма жамоаси хавбекини сотиб олмоқчи  2 21:30"Насаф" Қашқадарё дербисида "Шўртан"ни мағлуб этди  23

Lushan qiz bola emasligini takrorladi, istefo bermasligini va haydalmaguncha ishlashini malum qildi Yangiliklar

Lushan qiz bola emasligini takrorladi, istefo bermasligini va haydalmaguncha ishlashini malum qildi

Oliy liganing 5-turida o'z maydonida ilk marotaba "Qizilqum"ga mag'lub bo'lgan "Bunyodkor" bosh murabbiyi Sergey Lushan uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


- O'yin haqida nima deyish mumkin? Raqibni g'alaba bilan tabriklayman. G'alaba qozonish uchun avvalambor hujum qilish zarur, agressiv futbol o'ynash kerak va asosiysi gol urmoq lozim. 
Darvozamiz tomon bitta aniq zarba qabul qildik va bu gol bilan tugadi. Afsuski hujumda hech narsa yarata olmadik. Haqli tarzda mag'lubiyatga uchradik. Bu erda ortiqcha gapga hojat yo'q.

Mag'lubiyatga kim aybdor? Futbolchilar yoki murabbiy? Natija uchun har doim murabbiy javobgar. SHu boisdan mag'lubiyat bosh aybdori o'zimman. Jamoa mag'lub bo'lsa, murabbiy yutqazadi. G'alaba bo'lsa, jamoa g'olib chiqadi. Barcha joyda shu.

Istefo? Men istefo bermayman. Istefoni vaziyatni o'nglolmaydigan murabbiylar berishadi. Men jamoadagi hozirgi mavjud vaziyatni o'nglashni istayman va bu qo'limdan keladi. Hali hech narsa yo'qotilgani yo'q. OCHLda ham imkoniyatlarimiz bor. Rahbariyat meni ishdan olsa boshqa gap. Agarda meni istefoga chiqarishsa, unda ortiqcha savollarim yo'q. Lekin men o'zim istefo bermayman. "Bunyodkor"da meni ishdan haydamagunlaricha ishlayveraman. Ariza yozib ishdan ketish bu eng osoni. Men qiz bola emasman, ketib qoladigan. Men buni avval ham aytgandim. Oxirgi imkoniyatgacha ishlayman. Agarda ichlaringizda (anjumanlar zaliga murojaat) nozik jins vakilalari bo'lsa, bu aniq men emasman.

Reyting: -56   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика