So’nggi yangiliklar

07:59Грузиялик тўпурар ярим ҳимоячи водий жамоаси билан шартнома имзолади  1 07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  2 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  8 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  46 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  22 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1

Sergey Lushchan: "Bu g'alaba jamoamizga oldinga qarab ishlash va rivojlanish uchun turtki beradi" Yangiliklar

Sergey Lushchan: "Bu g'alaba jamoamizga oldinga qarab ishlash va rivojlanish uchun turtki beradi"

Superliga 18-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Navbahor" (0:1) uchrashuvidan so'ng "Navbahor" bosh murabbiyi Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Qiyin bahsni o'tkazdik. "Andijon" bilan doim qiyin bo'lgan. Bir yarim yildan beri Namanganda ishlab kelyapman va bu orada "Andijon"ga qarshi nechta uchrashuv o'tkazgan bo'lsak, hech biri oson kechmagan. Derbi o'z nomi bilan derbi. Futbolchilarga rahmat, bugungi ko'rsatmalarni 90 foizga to'g'ri bajarishdi. Ketma-ket ikkita durangdan so'ng yutganimiz yaxshi bo'ldi. O'ylaymanki, bu g'alaba jamoamizga oldinga qarab ishlash va rivojlanish uchun turtki beradi. Raqibning bir nechta hujumlarini to'xatib qoldik. Albatta, o'zimiz hujumga ko'p o'tmadik, lekin ijobiy natija qayd eta oldik. Qo'lga kiritilgan g'alaba bilan futbolchilarimizni va muxlislarni tabriklayman.

- O'tgan tur "So'g'diyona" bilan o'yinni asosiy tarkibda boshlagan futbolchilardan bir nechtasi bugun asosiy tarkibda o'ynamadi. Bu nima bilan bog'liq?

- Avvalgi o'yindan keyin ham aytgandim, biz yozgi yig'inni ko'ngildagidek o'tkaza olmadik. Qariyb 70 foiz o'yinchimiz yig'inda ishtirok etmadi. Legionerlar ikkinchi davra startiga besh kun qolganda, Jiyanov bilan Mirsaidov 4 kun qolganda safimizga qo'shilishdi. Bu esa mashg'ulotlarda o'z tasirini ko'rsatdi. Hozirgi paytga kelib hamma mashg'ulotlarda qatnashyapti va o'zini ko'rsatishga harakat qilyapti. Qo'shimcha mashqlar bajarishyapti. O'yindan o'yinga kuchayib boramiz deb umid qilaman. Boltaboev ham endi-endi jamoaga kirishib ketyapti. "So'g'diyona" bilan kechadigan Kubok o'yinigacha hamma yaxshi formada bo'ladi deb o'ylayman. 

- O'yindan qoniqdingizmi?

- Ha, jamoamizning harakatidan qoniqdim. Aytib o'tanimdek, futbolchilar ko'rsatmalarni to'g'ri bajarishdi. Chiroyli gol ham urdik. Biz hozir jamoa tuzish va shakllantirish ustida ish olib boryapmiz. Og'ir o'yinlar orqali bunga erishamiz.

- Jamoa sardori Azim Ahmedov nima uchun maydonga tushmayapti?

- Bu raqobat bilan bog'liq. Albatta, Azim Ahmedov kuchli futbolchi, u nafaqat maydonda, balki jamoadoshlari orasida ham etakchi. Lekin himoya chizig'imizda braziliyaliklar yaxshiroq ko'rinmoqda. Ulardan kimdir safdan chiqsa, Azim o'rnini to'ldiradi. Bir tomondan zaxira o'rindig'imizda shunday o'yinchi borligi yaxshi, chunki istalgan payt maydonga tushirib foydalana olamiz.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика