So’nggi yangiliklar

16:39ФИФА платформасига интеграция: ПФЛ клубларга қатъий талаб қўйди  0 16:14"2027 йилги футбол бўйича U-20 Жаҳон чемпионатига тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш чора-тадбирлари тўғрисида"ги Президент Қарори эълон қилинди  0 15:40Тошкент футболи — 100 ёшда  1 15:18МЮ истеъдоди атрофида ажиотаж: 12 та клуб у учун саф тортди  1 14:50Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячисини мақтади  2 14:22Ла Лигада навбатдаги истеъфо  0 13:53Ван Дейк Салоҳ билан суҳбати ҳақида гапирди  2 13:24"Эмери эффекти": "Астон Вилла" клуб рекордини ўрнатди  9 12:56Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади  23 12:28Мадрид клуби "Манчестер Юнайтед" ҳимоячисини кузатмоқда  2 11:57Ўзбекистоннинг икки гранди МТЖ аъзосига қизиқмоқда  18 11:31Водий клуби "Нефтчи" легионерига кўз тикди  6 10:44Педри Мессининг 15 йил аввал ўрнатган рекордини янгилади  2 10:16"Ливерпуль" собиқ устози Саудия клубини бошқаришга розилик берди  2 09:48Пеп Гвардиола Алекс Фергюсоннинг Премер-лигадаги рекордини янгилади  3

"Paxtakor" klubi sport direktori "Bunyodkor" stadioni maysasi haqida nima deydi? Yangiliklar

"Paxtakor" klubi sport direktori "Bunyodkor" stadioni maysasi haqida nima deydi?

"Paxtakor" klubi sport direktori Ravshan Salimov "Bunyodkor" stadioni maysasi haqida gapirdi.

"Bunyodkor" stadioni maysasi bir necha kundan beri “trend”da. Ayrimlar “maydonni dabdala qilishdi” deydi, boshqalar esa “stadion xalqniki, koncert qilishga haqimiz bor” deb himoya qiladi.

Balkim, stadion rostan ham xalqnikidir. Lekin xalqniki bo'lgan narsani vayron qilish kerak emas — asrash kerak. Chunki u xalqniki, kimningdir shaxsiy mulki emas.

"Stadion xalqniki, chet ellarda ham stadionlarda koncertlar bo'ladi-ku" deyishadi. Lekin o'sha chet ellarda maydonni qanday muhofaza qilishlarini bilarmikan?

Masalan, “Real”ning “Santyago Bernabeu” stadionida maydon maxsus mexanizm orqali er ostiga tushiriladi. Er ostida gazonni parvarish qilish uchun barcha sharoit bor. Shunga qaramay, 2024 yilda u erdagi ko'p koncertlar mahalliy aholining shovqin-suron haqidagi shikoyati tufayli bekor qilingan. Yo'llarni berkitib, hosil bo'ladigan probkalardan charchashgan bo'lishsa kerakda. 

Maysasi yig'iladigan stadionlar Germaniya, Yaponiya va “Tottenhem”da ham bor.

Maydoni yig'ilmaydiganlar esa boshqa usul ishlatadi. Masalan, Londondagi “Uembli”da gazon ustiga qimmatbaho TerraTrakPlus panellari yotqiziladi. Shu orqali, hatto 80 tonna og'irlikdagi kranlar ham sahna qurish uchun kirib ishlay oladi, lekin gazonga zarar etkazmaydi. Montaj tugagach, ustiga yorug'lik o'tkazuvchi TerraFlor panellari yotqiziladi. Bu panellar odamlar va jihozlar harakatini taminlab, gazonni himoya qiladi.

Albatta, bu xizmatlar arzon emas. Bizda bunday texnologiya ishlatilganmi-yo'qmi — bilmayman. Bilganim shuki, unchalik og'ir bo'lmagan sahna maydon drenaj tizimini ishdan chiqargan va gazon ham vayron bo'lgan.

O'zbek futboliga yulduzlar etkazib bergan “Bunyodkor” endi o'ziga maydon qidirishga majbur. “Bunyodkor” balki o'rganib qolgandir, lekin terma jamoamiz-chi? Jahon chempionatiga ilk bor chiqqan, CAFA musobaqasini qabul qiladigan terma jamoamiz qaerda o'ynaydi?", — deb yozdi Salimov telegramdagi sahifasida.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика