So’nggi yangiliklar

04:12"Андижон" ўз уйида "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 04:07Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  95 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  27 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  8 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  9 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  3 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  8

"Lokomotiv" futbolchisi raqibiga zarba bergani uchun chetlatildi, "Dinamo" o'yinchisiga xuddi shunday holat uchun qizil ko'rsatilmadi. Superliganing 19-turida hakamlik faoliyati tahlili Yangiliklar

"Lokomotiv" futbolchisi raqibiga zarba bergani uchun chetlatildi, "Dinamo" o'yinchisiga xuddi shunday holat uchun qizil ko'rsatilmadi. Superliganing 19-turida hakamlik faoliyati tahlili

Yakunlangan turda hakamlar necha marta xato qilganini aniqlaymiz.

Championat.Asia saytining hakamlik faoliyati bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref! " Telegram kanali muallifi) Superliganing 19-tur o'yinlaridagi bahsli epizodlarni tahlil qildi.


"Neftchi" - "Qizilqum"

VIDEO

Ushbu epizodda “Qizilqum” himoyachisi ikki marta qoida buzdi. "Neftchi" hujumchisining orqasida turgan navoiyliklar o'yinchisi chap oyog'i bilan raqib hujumchisining oyog'iga tegingan, bu esa uning harakatlanish muvozanatini buzgan. So'ngra himoyachi hujumchining harakat traektoriyasini kesib o'tgan. "Qizilqum" darvozasiga penalti to'g'ri belgilangan.


"Neftchi" - "Qizilqum"

VIDEO

To'p darvoza chizig'ini kesib o'tmaganiga va hakamlar o'yinni davom ettiri, to'g'ri ish qilganiga deyarli 100% aminman. Yordamchi hakam darvoza chizig'i bo'ylab qulay nuqtada joylashgandi, uning vaziyatni kuzatish imkoniyati yuqori edi. Qo'shimcha dalillar ham mavjud: to'pni tepib yuborgan “Neftchi” himoyachisining oyog'i qisman darvoza chizig'idan yuqorida joylashgan. SHunga ko'ra, bu holda to'p ham chiziqni to'liq kesib o'tmagan. VAR to'p darvoza chizig'ini kesib o'tganiga aniq dalil bo'lgan taqdirdagina vaziyatga aralashishi mumkin edi.


"Neftchi" - "Qizilqum"

VIDEO

Hakamning penalti belgilash haqidagi qarorini qo'llab-quvvatlash mumkin, VAR vaziyatga to'g'ri aralashadi. To'p uzatilgandan keyin "Qizilqum" o'yinchisi to'pni ko'kragi bilan to'xtatib olishga urinadi. SHu payt "Neftchi" himoyachisi yakkakurashga qo'shilib, to'pga o'ynashga urinmasdan, raqibni ortidan turtib yuboradi. Bosh hakam bu holatda yaxshi poziciya tanlay olmagan, shu bois u darhol to'g'ri qaror qabul qila olmadi.


"Lokomotiv" - "Navbahor"

VIDEO

Hakamning qarori to'g'ri. "Lokomotiv" o'yinchisi kurashsiz va to'p o'ynashga urinmasdan, raqib futbolchisining bosh qismiga ketma-ket ikki marta zarba yo'llaydi. VAR epizodga to'g'ri aralashgan, bu 100% chetlatish.


"So'g'diyona" - "Andijon"

VIDEO

Hakamning o'yinni davom ettirish qarori to'g'ri. Hatto kichik "kontakt" sodir bo'lgan deb taxmin qilsak ham, "So'g'diyona" o'yinchisi vaziyatni burttirib yubordi. Bundan tashqari, agar qoidabuzarlik ishlatilgan taqdirda ham, vaziyat jarima maydoni tashqarisida sodir bo'lgan. SHu bois "Andijon" darvozasiga penalti belgilash haqida hech qanday gap-so'z bo'lishi mumkin emas.


"So'g'diyona" - "Andijon"

VIDEO

VAR epizodga noto'g'ri ravishda aralashdi. Vaziyat ochiq-oydin emas va qoidalarni jiddiy buzilishiga olib kelmaydi. To'g'ri, "Andijon" o'yinchisi tomonidan amalga oshirilgan xatti-harakatlarda etarlicha jiddiy qo'pollik mavjud, lekin bu "chegaraviy" holat va sariq kartochkaga yaqinroq. Bunda bosish holati yo'q, qoidabuzarning oyog'i engil teginish bilan pastga tushmoqda. Yaxshiyamki, hakam o'zining sariq kartochka haqidagi dastlabki qarorini o'zgartirgani yo'q.


"Olimpik" - "Dinamo"

VIDEO

Menimcha, bu holat "Lokomotiv" - "Navbahor" uchrashuvidagi vaziyatga juda o'xshaydi. Yani to'p uchun kurashilmasdan, futbolchining boshi/bo'yin qismiga ortdan oshkora zarba berilgan. VAR hodisaga to'g'ri aralashdi, biroq hakam negadir "Dinamo" o'yinchisiga sariq kartochka ko'rsatishga qaror qildi. Bu holatda qizil kartochka ko'rsatilishi kerak edi. Hakam xato qildi. Afsuski, bir turning o'zida bir-biriga o'xshash ikki vaziyatning turlicha talqin qilinishi achinarli.


"Olimpik" - "Dinamo"

VIDEO

Hakam yanglishib, “Dinamo” darvozasiga penalti belgiladi. Zamonaviy tendenciyalarga ko'ra, bunday epizodlarda hakamlar o'yinni davom ettirishi kerak. Agar qo'pollik bo'lsa, qoidabuzarlik "Olimpik"ning hujumkor o'yinchisi tomonidan ishlatilgan hisoblanadi. Lekin bu aniq penalti emas. Bu vaziyatda “Olimpik” futbolchisi uchun asosiy muammo shundaki, u to'p tomon harakatlanmaydi, aksincha, ataylab sekinlashib, to'p tomon yugurayotgan “Dinamo” himoyachisi tomon harakatlandi. VAR vaziyatga aralashishi mumkin edi, lekin negadir unday qilmadi.


"Surxon" - "Bunyodkor"

VIDEO

Hakam tomonidan juda g'alati qaror qabul qilishdi. Menimcha, istiqbolli hujumni buzgani uchun “Surxon” himoyachisiga sariq kartochka ko'rsatilishi kerak. SHu bilan birga, VAR epizodga aralashmadi.


"Surxon" - "Bunyodkor"

VIDEO

"Bunyodkor"ning 6-raqamli futbolchisiga nima uchun sariq kartochka ko'rsatilgani va nega hakam o'yinni to'xtatib qo'yganini umuman tushunmayapman. Agar qoidabuzarlik ishlatilgan bo'lsa, qo'pollik “Bunyodkor”ning boshqa futbolchisi tomonidan sodir etilgandi.


"Surxon" - "Bunyodkor"

VIDEO

Agar ofsayd chiziqlari bo'lsa, bunga ishongan holatda o'yindan tashqari holatni qayd etish mumkin. Jarima maydonchasidagi vaziyat esa "Olimpik" - "Dinamo" uchrashuvidagi holatga o'xshaydi. "Bunyodkor" himoyachisi to'pga tepishga ulgurgan bo'lsa, "Surxon" hujumchisi to'p emas, raqib tomon harakat qilmoqda. Agar ofsayd bo'lmaganda, o'yinni davom ettirish kerak edi. Bu erda vaziyat o'yindan tashqarida bo'lgani uchun hakamning omadi keldi.


"Nasaf" - OKMK

VIDEO

Teletranslyaciyadagi ayanchli takrorlardan OKMK himoyachisining qo'liga to'p tekkan-tegmaganini aniqlash imkonsiz. Biroq, darvoza ortida hakamlar brigadasiga qo'shimcha rakurs bera oladigan kamera borligi aniq (kadr keyinchalik penalti tepilgan payt darvoza ortidan ko'rsatiladi). Bu vaziyatda faqat taxmin qilish va hakamning OKMK darvozasiga penalti tayinlash qaroriga ishonishdan boshqa iloj yo'q.


SHu tariqa, Superliganing 19-turida hakamlar to'rtta xatoga yo'l qo'yishdi. Yana bir epizodda ekspertimiz sifatli takrorlarning etishmasligi (Nasaf - OKMK uchrashuvidagi penalti) sababli qabul qilingan qarorning to'g'riligini aniqlay olmadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

+2   
26 sen 14:04:39
ArsaBarsa
Нефтчи ФК foydalanuvchining fikriga javob berish
Бир вазият,жарима майдони ичида тўп қўлга теккани кўринмасди Насаф бермади,ОКМК томон пеналти қўйилди.Нима учун дарвоза ортига камера қўйилди унда.Насаф чемпион!!!!!!!?
Bitta shunga yopishib olishadida endi. U siz ham 1-0 edi. O’sha kuni OKMK ni kuchi yetmasligi bilinib turgandi.
+2   
26 sen 13:22:28
ÓZINGNI BOSS BOLAPAQIR
Nasaf penaltini haqli tepdi lekin kameralar soni va sifati kamchiliklar yetarli
+1   
26 sen 13:20:22
Нефтчи ФК
Бир вазият,жарима майдони ичида тўп қўлга теккани кўринмасди Насаф бермади,ОКМК томон пеналти қўйилди.Нима учун дарвоза ортига камера қўйилди унда.Насаф чемпион!!!!!!!?
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика